Delfa — Fokida (Oʻrta Gretsiya) ning jan.garbida, Parnas togʻi etagida joylashgan yunon shahri. Mil. av. 7—6-asrlarda umumyunon diniy marka-zi boʻlib, meʼmoriy yodgorliklar (Apollon ibodatxonasi orakul va b.) saqlangan. Mil. av. 6-asrning boshlarida D.da 4 yilda 1 marta umumyunon Pifiy oʻyinlari oʻtkazilgan. Bu vaqtda muqaddas osoyishtalik, tinchlik hukm surgan. D.da Apollonga atab juda koʻp nazrniyoz keltirilgan. Bu boyliklar D.ning yuksalishiga sabab boʻlgan. Mil. av. 1-asrning 80-y.larida D. frakiyaliklar va b. qabilalar tomonidan talangan. Mil. 1-asr oxirida D.dagi ibodatxona kayta tiklangan. Orakul faoliyati mil. 2-asrda bir muncha jonlangan (soʻnggi bor orakulga 3-asrda murojaat qilinganligi maʼlum); ibodatxona Rim imperatori Feodosiy I tomonidan taxminan 390 y. rasman yopib qoʻyilgan. Hoz. D. — kichik aholi punkti. D. yodgorligidan 1892 y.dan boshlab fransuz arxeologlari olib borgan qazishlar natijasida ikki muqaddas maskan (uchastka) — Apollon va Afina maskanlari ochildi: Apollon Pifiy ibodatxonasi (mil. av. 6-asr, meʼmorlar Ksenodor va Agaton tomonidan mil. av. 4-asrda kayta qurilgan) boʻrtma tasvirlar bilan bezatilgan (muzeyda saqlanmoqda). Sifniylar (taxminan mil.av. 525), afinaliklar (mil.av. 5-asr boshlari) xazinalari, us-tunlari (galereya — ustunli peshayvon, mil.av. 475), teatr (mil. av. 2-asr) va b. bor. Afina Pronoya muqaddas ibodatxonasining eski (mil. av. 7-asr oxiri) va yangi (mil. av. 6-asr oxiri) asoslari, aylana tarxli — folos — makbara (mil. av. 4-asr boshlari), stadion (mil. av. 6-asr), gimnasiy (mil. av. 6—5-asrlar) va b. oʻrganilgan. D.da arxeologik muzey tashkil etilgan. D. meʼmoriy yodgorliklari Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

AdabiyotTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil