Dengiz yulduzlari (Asteroidea) -dengizda yashaydigan umurtqasiz hayvonlar, hozirgi ninaterililar tipining sinfi. Tanasining oʻrtasidan chiqqan "qoʻllar", yaʼni nurlar yulduzni eslatadi (nomi ham shundan). D. yu.da 5, baʼzan 8, 10, 13, 25, 40 ta nur boʻladi. D. yu.ning diametri 5—50 sm. Ular suv tubida ambulakral oyoklari yordamida harakatlanadi. Ogʻiz va anal teshigi deyarli tananing turli qismida joylashadi. Tuxumidan erkin suzib yuruvchi lichinka chiqadi. Tirik tugʻadigan turlari ham bor. Suv osti umurtqasiz hayvonlari va organik moddalar bilan oziqlanadi. 1500 turi maʼlum. Shimol va Uzoq Sharq dengizlarida keng tarqalgan.

Dengiz yulduzlari
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

AdabiyotTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil