Denis Vladimirovich Pushilin (1981-yil 9-mayda Ukrainaning Donetsk viloyati Makeyevka qishlogʻida tugʻilgan) – siyosatchi va tan olinmagan Donetsk Xalq Respublikasi (DXR) rahbari (2018-yil 20-noyabrdan). Donetsk Xalq Respublikasi Xalq Kengashi aʼzosi (2015-2018). DXR Oliy kengashi prezidiumi aʼzosi (2014-yil may-iyul). 1998-yilda 1-sonli Makeyevka litseyini bitirgan. 1999-2000-yillarda Ukraina Milliy gvardiyasida harbiy xizmat oʻtagan. Donbass milliy qurilish va arxitektura akademiyasida tahsil olgan. 2002-yildan „Solodke jittya“ nomli savdo firmasida ish boshlagan. 2011-2013-yillarda Sergey Mavrodining „MMM“ deb atalgan moliyaviy piramidasida asosiy tashkilotchilardan biri boʻlgan. „MMM“ siyosiy partiya maqomiga erishgach, Denis Pushilin uning asosiy aʼzosiga aylangan. Ushbu partiya vakillari 2013-yilda Ukraina Oliy Radasida 19 oʻringa ega boʻlgan. 2014-yil 5-aprelda Donetsk viloyati gubernatori Pavel Gubaryovning oʻrinbosari etib tayinlangan. 7-aprelda Ukraina sharqida Donetsk Xalq Respublikasi deb atalgan davlat tuzilgani eʼlon qilingach, Pushilin davlatning muvaqqat hukumati vakili etib tayinlangan. 2014-yil 15-mayda DXR Oliy Kengashi prezidiumi aʼzosi boʻlgan. 2014-yil 18-iyulda esa isteʼfoga chiqib, Moskvaga ketgan. 2014-yil 3-noyabrda „Donetsk respublikasi“ siyosiy harakati nomidan DXR Xalq Kengashi deputatligiga saylangan. 2014-yil 9-noyabrda DXR rahbari Aleksandr Zaxarchenko tomonidan Minskdagi uchtomonlama aloqa guruhi vakili etib tayinlangan. 2018-yil 11-noyabrda DXR da boʻlib oʻtgan saylovlarda Denis Pushilin 60.85% ovoz bilan DXR rahbarligiga saylangan. 2021-yil dekabrda „Yagona Rossiya“ partiyasi aʼzosi boʻlgan. 2022-yil 21-fevralda Rossiya bilan oʻzaro hamkorlik va doʻstlik haqida bitim imzolagan. 2022-yil 24-fevralda rus qoʻshinlari Ukrainaga bostirib kirgash, 20 ming nafar DXR qoʻshinlarini Kiyevga qarshi yurishiga buyruq bergan. Ayni vaqtda uning rahbarligidagi DXR hududlarida urush harakatlari ketmoqda.

Vladimir Putin va uning qoʻgʻirchoqlari, shu jumladan Pushilin

Adabiyotlar

tahrir
  • Denis Pushilіn: Majoritarnі okrugi Kiїvska oblast Okrug № 94 [Denis Pushylin: Majority districts Kyiv oblast District № 94] (in Ukrainian). nbnews.com.ua. 2013. Archived from the original on 6 July 2015. Retrieved 11 September 2015.
  • Sauer, Pjotr (24 February 2022). „'Their golden hour': Donetsk and Luhansk leaders revel in rising profile“. The Guardian. Moscow. Retrieved 13 June 2022.
  • „Pro-Russian rebel leader killed in eastern Ukraine blast“. The Washington Post. 31 August 2018.
  • Parlament DNR smenil ispolnyayuщego obyazannosti glavi respubliki. Meduza (in Russian). Retrieved 7 September 2018.
  • „Biografiya Denisa Pushilina“ (in Russian). RIA Novosti. 28 August 2014. Archived from the original on 2 September 2014. Retrieved 27 September 2014.