Denisov (tuman)
Denisov tumani — Qoʻstanoy viloyatining gʻarbiy qismida joylashgan. 1938-yili tashkil topgan. Maydoni 6,8 ming km². Aholisi 29,4 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 3,5 kishidan toʻgʻi keladi (2006). Tumanning maʼmuriy markazi — Denisovka qishlogʻi.
| ||
tuman | ||
---|---|---|
Tarkibida | Qoʻstanoy viloyati | |
Maʼmuriy markazi | Denisovka qishlogʻi | |
Asos solingan sanasi | 1938-yil | |
Rasmiy tillar | qozoq, rus | |
Aholi (2010) | 21 626 [1] | |
Millatlar tarkibi |
ruslar — 34,78% qozoqlar — 29,96% ukrainlar — 18,06% olmonlar — 6,93% beloruslar — 2,95% tatarlar — 1,72% [1][2] | |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, xristianlar | |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
Telefon kodi | +7 71434 [3] | |
Avtomobil raqami kodi | P, 10 | |
Rasmiy sayti | http://denisovka.kostanay.gov.kz/ | |
Xaritada | ||
52°26′24″N 61°44′24″E / 52.44000°N 61.74000°E |
Aholisi
tahrirTuman aholisi 1-yanvar 2010-yilgi hisob boʻyicha 21,626 kishi. Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010yil)[1][2]:
- ruslar — 7 521 kishi (34,78 %)
- qozoqlar — 6 480 kishi (29,96 %)
- ukrainlar — 3 905 kishi (18,06 %)
- olmonlar — 1 499 kishi (6,93 %)
- beloruslar — 639 kishi (1,95 %)
- tatarlar — 372 kishi (1,72 %)
- boshqirdlar — 215 kishi (0,99 %)
- boshqalari — 995 kishi (4,60 %)
- Umumiy — 21 626 kishi (100,00 %)
Iqlimi
tahrirIqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq, qurgʻoq. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −17 — 18 °C, iyulniki 19 — 21 °C. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 250 – 300 mm.
Qisqacha maʼlumot
tahrirTuman qishloq xoʻjaligiga foydalaniladigan eri 452,5 ming ga, shulardan 329,7 ming ga ekinzor, 116 ming ga yaylov. Denisov tumani orqali gʻabrdan sharqqa tomon Aqmola — Qartali temir yoʻli, janubi-sharqqa tomon Qoʻstanay — Jitiqara temir yoʻli, shuningdek respublika ahamiyatiga ega Qoʻstanay — Rudniy — Toʻbil — Jitiqara avtomobil magistrali oʻtadi.[4]
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года
- ↑ 2,0 2,1 Национальный состав населения Казахстана по переписи 2009
- ↑ Qoʻstanay viloyatining telefon kodlari
- ↑ Qozoq ensiklopediyasi