Derrick Etienne (fransuzcha: Derrick Burckley Etienne Jr.) — gaitilik futbolchi hisoblanib, „Columbus Crew“ klubi va Gaiti terma jamoasining chap yarim himoyachisi sifatida faoliyat olib boradi.

Derrick Etienne Futbol
Etenn v sostave „Nyu-York Red Bullz II“ (2016 god)
Umumiy ma'lumotlar
To`liq ismi

Derrick Burckley Etienne Jr.

Tug`ilgan

25-noyabr 1996-yil(1996-11-25) (25yosh)

Richmond, Virginiya, AQSh

Fuqaroligi

Flag Gaiti Gaiti

Flag SShA AQSh

Bo`yi

178 cm

Vazni

77 kg

Pozitsiyasi

Yarim himoyachi

Klub haqida ma'lumotlari
Klub

Flag SShA Columbus Crew

Raqami

22

Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Biografiyasi

tahrir

Kichik Derrick Etienne Virjiniya shtatining Richmond shahrida tugʻilgan, uning otasi „Richmond Kickers“ jamoasida oʻynagan[1].

„New York Red Bulls“ akademiyasiga 14 yoshgacha boʻlgan guruhda qoʻshilganidan soʻng, u barcha yosh darajalaridan oʻtgan[2]. 2014-yilda Milliy Futbol Murabbiylari Assotsiatsiyasi 18 yoshgacha boʻlganlar jamoasida oʻynagan[3][4].

2015-yil 27-mart kuni Derrick havaskor akademiya o‘yinchisi sifatida USLdagi birinchi o‘yini oldidan yangi tashkil etilgan „New York Red Bulls II“ farm klubiga yozilgan[5]. Ertasi kuni „Rochester Rhinos“ ga qarshi oʻyinda u ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushgan[6]. 24-may kuni „Monreal“ga qarshi oʻyinda u kattalar faoliyatidagi ilk golini urgan va golli uzatma bergan, buning uchun u haftaning ramziy USL jamoasiga kiritilgan[7][8].

2015-yilda Derrick Virjiniya universitetiga oʻqishga kirgan va Milliy kollej atletika assotsiatsiyasida universitet futbol jamoasida oʻynagan[9][10].

Jamoalardagi faoliyati

tahrir

Universitetni tark etib, 2015-yilning 21-dekabrida Derrick MLSning „New York Red Bulls“ klubi bilan professional shartnoma imzolagan[11][12].

Xalqaro faoliyati

tahrir

U 2015-yilgi KONKAKAF yoshlar chempionatida Gaiti U20 jamoasi tarkibida ishtirok etgan[13].

Derrick 2016-yilgi Amerika kubogi uchun Gaitining vaqtinchalik tarkibiga kiritilgan va besh kishilik zaxira roʻyxatiga kiritilgan[14][15]. U Gaiti terma jamoasidagi debyutini 2016-yilning 9-noyabr kuni Karib dengizi kubogi-2017 saralashida Fransiya Gvianasiga qarshi o‘tkazgan[16]. 2017-yil 8-yanvar kuni Trinidad va Tobagoga qarshi Karib dengizi kubogi saralashida u Gaiti terma jamoasi safida ilk golini urgan[17][18].

Derrick 2019-yilgi KONKAKAF oltin kubogi uchun Gaiti terma jamoasiga kiritilgan[19].

Yutuqlari

tahrir
Jamoaviy yutuqlari
  „Nyu-York Red Bulls II“
  • USL chempioni: 2016-yil
  • USL muntazam mavsum gʻolibi: 2016-yil
  „Nyu-York Red Bulls II“
  • MLS muntazam mavsum gʻolibi: 2018-yil
  „Columbus Crew“
  • MLS chempioni (MLS kubogi sohibi): 2020-yil

Xalqaro statistikasi

tahrir
2021-yil 27-iyul holatiga ko`ra[20]
Jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
  Gaiti 2016-yil 2 0
2017-yil 5 1
2018-yil 4 2
2019-yil 13 0
2021-yil 9 2
Jami 33 5

Manbalar

tahrir
  1. Eric Giacometti. „IN FOCUS: With soccer in his blood, Derrick Etienne Jr. stirs the pot for New York Red Bulls“ (en). New York Red Bulls (2016-yil 21-aprel). Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
  2. „Derrick Etienne Jr.“ (en). Redbulls Academy. Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
  3. „NSCAA Announces 2014 Youth Boys and Girls All-America Teams“ (en). National Soccer Coaches Association of America (2014-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
  4. „Four Red Bulls U-18 Academy products named to 2014 NSCAA 2014 Youth All-American Team“ (en). New York Red Bulls (2014-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
  5. „New York Red Bulls II announce roster ahead of inaugural game“ (en). New York Red Bulls (2015-yil 27-mart). Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
  6. „MATCH RECAP: Red Bulls II 0, Rochester Rhinos, 0“ (en). New York Red Bulls (2015-yil 28-mart). Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
  7. „USL MATCH RECAP: Red Bulls II 3, FC Montreal 2“ (en). New York Red Bulls (2015-yil 24-may). Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
  8. „Derrick Etienne named to USL Team of the Week“ (en). New York Red Bulls (2015-yil 26-may). Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
  9. „Derrick Etienne - Men's Soccer“ (en). University of Virginia Athletics. Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
  10. „Virginia Welcomes Six Student-Athletes for 2015-16 School Year“ (en). University of Virginia Athletics (2015-yil 18-fevral). Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
  11. „New York Red Bulls Sign Derrick Etienne, Brandon Allen as Homegrown Players“ (en). New York Red Bulls (2015-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
  12. „New York Red Bulls sign Brandon Allen, Derrick Etienne as Homegrown Players, now lead MLS with 7 HGPs“ (en). MLSsoccer.com (2015-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
  13. „Matt Miazga, U-18 captain Derrick Etienne named to CONCACAF U-20 rosters“ (en). New York Red Bulls (2015-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
  14. Alicia Rodriguez. „Haiti National Team Roster | Copa America“ (en). MLSsoccer.com (2016-yil 2-may). 2019-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
  15. „New York Red Bulls’ Kemar Lawrence, Derrick Etienne Jr. Named in National Teams’ Preliminary Copa America Centenario Rosters“ (en). New York Red Bulls (2016-yil 3-may). Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
  16. „Lawrence, Etienne Jr., and Kljestan Represent Their Countries During International Break“ (en). New York Red Bulls (2016-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
  17. Andrew Vazzano. „Etienne Nets First Goal for Haiti in Gold Cup Qualifying“ (en). New York Red Bulls (2017-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
  18. Franco Panizo. „New York Red Bulls' Derrick Etienne scores first goal for Haiti“ (en). MLSsoccer.com (2017-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
  19. Douby Jean. „Gold Cup 2019: Les 23 Grenadiers qui iront à l’assaut !“ (fr). Haiti-Tempo (2019-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
  20. 65975