Dever Akeem Orgill (talaffuzi: Dever Akim Orgill) 1990-yil 8-martda Yamaykaning Port-Antonio shahrida tugʻilgan. Yamaykalik futbolchi „Antalyaspor“ va Yamayka terma jamoasi hujumchisi hisoblanadi.

Dever Orgill
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Dever Akeem Orgill[1]
Tavallud sanasi 8-mart 1990-yil (1990-03-08) (34 yosh)
Tavallud joyi Port Antonio, Yamayka
Boʻyi 6 ft 0 in (1.83 m)
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Manisa
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004-2007 Progressive FC
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008-2010 Whitecaps Residency 18 (9)
2008-2010 Vancouver Whitecaps 14 (2)
2010-2013 St. Georgeʼs SC 18 (4)
2013-2016 IFK Mariehamn 80 (30)
2016-2019 Wolfsberger AC 55 (12)
2019-2020 Ankaragücü 43 (11)
2020- 2021 Antalyaspor 32 (1)
2021- Manisa 10 (3)
Milliy terma jamoa
2005-2007 Yamayka U-17 6 (12)
2008-2009 Yamayka U-20 13 (7)
2010- Yamayka 18 (4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 17-fevral uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2020-yil 19-yanvar uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

2013-yilda Orgill Finlandiyaning „Mariehamn“ jamoasiga oʻtdi. 5-may kuni Turkuning „Inter“ klubiga qarshi oʻyinda u Finlandiya chempionatida debyut qildi[2]. 23-may kuni „Xonka“ga qarshi bahsda Dever „Mariehamn“ uchun birinchi golini urdi[3]. 2015-yilda Orgill beshta gol urib, jamoaning Finlandiya kubogini yutishiga yordam berdi.

Maktabda oʻqiyotganda Dever Akeem Orgillni sobiq futbolchi va murabbiy Endryu Edvards payqab qoldi. U Orgilning Kanadadagi Vancouver Whitecaps akademiyasiga qabul qilinishiga yordam berdi. Jarohatlari tufayli Dever Akeem Orgill deyarli asosiy jamoada oʻynamadi, lekin unga Kanada chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritishiga yordam berdi.

2019-yilning 31-yanvarida Dever Akeem Orgill Turkiya chempionatining Ankaragücü klubiga o‘tdi va u bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi[4].

Xalqaro karyerasi tahrir

2010-yil 10-oktabrda Dever Akeem Orgill Yamayka terma jamoasi safida Trinidad va Tobagoga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qildi.

2016-yilning yozida Dever Akeem Orgill AQShda boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etdi. Turnirda Dever Akeem OrgillMeksika va Urugvay terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[5][6].

Dever Akeem Orgill 2019-yilgi KONKAKAF oltin kubogi uchun Yamayka terma jamoasiga kiritildi[7]. Guruh bosqichidagi birinchi o‘yinda Gonduras terma jamoasiga qarshi o‘yinda Dever Akeem Orgill15 va 41-daqiqalarda ikkita gol urdi va jamoa bilan birgalikda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Statistika tahrir

Jamoa   Mamlakat Mavsum
Vancouver Whitecaps   Kanada 2008
Vancouver Whitecaps   Kanada 2008-2010
St. Georgeʼs S. C.   Yamayka 2010-2013
IFK Mariehamn   Finlandiya 2013-2016
Wolfsberger AC   Avstriya 2017-2019
Ankaragücü[8]   Turkiya 2019-2020
Antalyaspor[9]   Turkiya 2020-2021
Manisa F. K.[10]   Turkiya 2021-

Manbalar tahrir

  1. „Dever Akeem Orgill“. Turkish Football Federation. Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
  2. „Мариехамн VS. Интер Турку 1:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 5-may). 2017-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-may.
  3. „Хонка VS. Мариехамн 2:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 23-may). 2017-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-may.
  4. „Dever Orgill Ankaragücümüzde!“ (tr). Ankaragücü Resmi Web Sitesi. 2019-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-iyun.
  5. „Мексика VS. Ямайка 2:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 10-iyun). 2016-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-iyun.
  6. „Уругвай VS. Ямайка 3:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 14-iyun). 2016-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-iyun.
  7. „Jamaica's 23-man Gold Cup roster“ (en). Jamaica Observer (2019-yil 7-iyun). 2019-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-iyun.
  8. Andoza:Cita web
  9. Andoza:Cita web
  10. Andoza:Cita web