"DEYLI MIRROR" ("Daily Mirror", "Kundalik koʻzgu") — ingliz gazetasi. London, Manchester va Glazgoda chiqadi. 1903 y.da tashkil etilgan. Siyosiy voqealarni yoritishda Leyboristlar partiyasi oʻng qanotining siyosiy-ijtimoiy yoʻnalishiga yaqin turadi. Koʻngil ochar va reklama materiallarni koʻp bosadi. Adadi 5 mln.ga yaqin.

AdabiyotTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil