Dezoksikortikosteron, DOK, S|2N30O,— biologik faol steroid. Mol. m. 330,45. Umurtqali hayvonlar buyrak usti bezlarida kortikosteron va al-dosteron biosintezida (qarang Kortikosteroidlar) oraliq birikma sifatida hosil boʻladi. D. va uning sintetik preparatlari (D. atsetat, D. trimetilatsetat) organizmda suv-tuz almashinuviga taʼsir etadi: natriy ionlari va suvni tutib qoladi, kaliy ionlari ajralishini tezlashtiradi va tomirlar tonusini barqarorlashtiradi. Miasteniya, gipoxloremiya, buyrak usti bezi pust qavati yetishmovchiligini davolashda qoʻllanadi. Organizmda D.ning koʻp hosil boʻlishi yoki ortiqcha kiritilishi arterial gipertoniya, shish, boʻgʻimlar va buyrak yalliglanishiga olib keladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Andoza:Chemistry-stub