Di'Shon Bernard
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
DiʼShon Joel Bernard (2000-yil, 14-oktyabrda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, Premyer Liga klubi "Manchester United" safida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Di'Shon Joel Bernard[1] | ||
Tavallud sanasi | 14-oktyabr 2000-yil | ||
Tavallud joyi | Wandsworth, Angliya | ||
Boʻyi | 6 fut 2 inches (1.89 m)[2] | ||
Ampluasi | Markaziy himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Manchester United | ||
Raqami | 58 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
-2017 | Chelsea | ||
2017-2019 | Manchester United | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2019- | Manchester United | 0 | (0) |
2020-2021 | → Salford City (ijara) | 30 | (2) |
2021-2022 | → Hull City (ijara) | 26 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (15-aprel uchun) |
Bernard 2017-yilda „Manchester United“ yoshlar tizimiga qoʻshilgan. U klub safidagi professional debyutini 2019-yilning noyabrida UEFA Yevropa ligasi doirasida „Astana“ klubiga qarshi o‘yinda o‘tkazgan. Shuningdek, u Salford City klubida ijara asosida oʻynadi va u klub safida 2020/21-yilgi mavsumda 31 ta oʻyinda maydonga tushdi.
Klubdagi faoliyati
tahrirBernard 2017-yilda 16 yoshida „Manchester United“ akademiyasiga qoʻshildi, u avvalroq Chelsea klubining yoshlar tizimida tajriba oshirgan[3]. U Manchester United klubi safida 2019-yilning 28-noyabrida Yevropa Ligasi doirasidagi „Astana“ klubiga qarshi o‘yinda debyut qilgan, ammo „United“ 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan va u avtogol muallifiga aylangan[4].
Bernard 2020-yilning 16-oktyabrida „Salford City“ ikkinchi liga klubiga ijara asosida o‘tdi[5]. Uning Salford klubidagi debyuti 24-oktyabr kuni Crawley Town klubiga qarshi 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan oʻyinning 61-daqiqada Oscar Threlkeldning oʻrniga maydonga tushgan holda oʻtkazdi[6]. U oʻzining klubdagi birinchi golini 2-dekabr kuni „Carlisle United“ klubiga qarshi 2:1 hisobida jamoasi bilan magʻlub boʻlganida oʻyinning qoʻshib berilgan daqiqalarida boshi bilan darvozani ishgʻol etdi[7]. 2021-yil, 15-yanvarda uning klub bilan ijarasi mavsum oxirigacha uzaytirildi[8]. Bernard „Salford“ klubiga ijaraga oʻtish uning futbolchi sifatida rivojlanishi uchun juda muhim ekanligini va shu tariqa u bir necha ijaradan soʻng asosiy jamoaning doimiy oʻyinchisiga aylangan Axel Tuanzebening izidan borishiga umid qilganini aytadi[9]. U Salfordning 2021-yil mart oyida boʻlib oʻtgan 2020-yilgi EFL Trophy finalida jamoasi bilan gʻalaba qozongan oʻyinda klub safida kubokni qoʻlga kiritdi[10].
2021-yil, 30-iyulda Bernard Chempionship klubi „Hull City“ bilan mavsumiy ijara shartnomasini imzoladi[11]. U klub safidagi debyutini 2021-yil, 10-avgustda EFL kubogi birinchi davrasi doirasida Wigan Athletic klubiga qarshi asosiy boʻlimlardan soʻng 1:1 hisobida durangdan soʻng penaltilar seriyasida davom ettirilgan oʻyinda oʻtkazdi[12].
Xalqaro faoliyati
tahrirAngliyada tugʻilgan Bernard yamaykalik boʻlib, Yamayka terma jamoasini himoya qilish istagini bildirgan[13].
Faoliyat statistikasi
tahrir- 2022-yil, 15-aprel holatiga ko'ra
Klub | Mavsum | Liga | Angliya kubogi | EFL Kubogi | Yevropa | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Manchester United U21 | 2019-20[14] | — | — | — | — | — | 4 | 0 | 4 | 0 | ||||
2020-21[15] | — | — | — | — | — | 2 | 0 | 2 | 0 | |||||
Jami | — | — | — | — | 6 | 0 | 6 | 0 | ||||||
Manchester United | 2019-20[14] | Premier League | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 1 | 0 | |
2020-21[15] | Premier League | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | ||
2021-22[16] | Premier League | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | ||
Jami | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 1 | 0 | |||
Salford City (ijara) | 2020-21[15] | League Two | 30 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | — | 31 | 2 | ||
Hull City (ijara) | 2021-22[16] | Championship | 26 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | — | 28 | 0 | ||
Karyera jami | 56 | 2 | 2 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 6 | 0 | 66 | 2 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Premier League clubs publish retained lists“. Premier League (2019-yil 7-iyun). Qaraldi: 2019-yil 27-noyabr.
- ↑ „Di'Shon Bernard Profile, News & Stats“. Premier League. Qaraldi: 2019-yil 27-noyabr.
- ↑ „Manchester United signing Aliou Traore among academy scholars“. Manchester Evening News (2017-yil 3-iyul). Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
- ↑ Thompson. „FC Astana 2 Manchester United 1“. Manchester United (2019-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 28-noyabr.
- ↑ „Man Utd defender Bernard joins Salford“. BBC Sport (2020-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 16-oktyabr.
- ↑ Booth. „Paul Scholes gives verdict on Manchester United youngster after EFL debut“. Manchester Evening News (2020-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 21-yanvar.
- ↑ „Carlisle 2-1 Salford: United win in front of fans at Brunton Park“. Sky Sports (2020-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 21-yanvar.
- ↑ „Bernard loan extended“. Salford City FC (2021-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 15-fevral.
- ↑ Peach, Simon. „From Old Trafford, to Salford, via Kazakhstan: Di'Shon Bernard's getting about“. Irish Independent (2021-yil 15-fevral). Qaraldi: 2021-yil 15-fevral.
- ↑ „Portsmouth v Salford: team news, likely line-ups, form guide and big-match odds for the Papa John's Trophy final at Wembley“. portsmouth.co.uk. The News (2021-yil 13-mart). Qaraldi: 2021-yil 13-mart.
- ↑ „Di’Shon Bernard Signs On Loan“. Hull City A.F.C. (2021-yil 30-iyul). Qaraldi: 2021-yil 30-iyul.
- ↑ „Hull City 1–1 Wigan Athletic“. BBC Sport (2021-yil 10-avgust). Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
- ↑ „‘Commitment is number one’“. jamaica-gleaner.com (2021-yil 15-dekabr).
- ↑ 14,0 14,1 „Games played by Di'Shon Bernard in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.
- ↑ 15,0 15,1 15,2 „Games played by Di'Shon Bernard in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
- ↑ 16,0 16,1 „Games played by Di'Shon Bernard in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 15-aprel.