Dialektizmlar — adabiy tildati dialektlarning oʻziga xos hududiy unsurlari. Dialektizmlarlar tilshunoslikning barcha sohalari (fonetika, leksika, morfologiya, sintaksis va boshqalar)ga taalluqli. Badiiy ijodda dialektizmlarlar narsa, voqea va hodisaga mahalliy urgʻu berish maqsadida qoʻllaniladi, bundan tashqari personaj nutqini individuallashtirish uchun foydalaniladi. Biroq, bunday qoʻllash tufayli dialektizmlarlar adabiy tilga oid boʻlib qolmaydi. Dialektizmlarlarni qoʻllash uslublararo ham cheklangan. Badiiy uslubda ancha keng, publitsis-tik uslubda qisman qoʻllangani holda ilmiy, rasmiy uslublarda deyarli uch-ramaydi. Baʼzi soʻzlar adabiy til va dialektda qullangani holda boshqa dialektda boshqa maʼnoni ifodalaydi. Mas, „shoti“, „tovoq“ Fargʻona til shevalarida „narvon“, „lagan“ni bildirsa, adabiy tilda „arava shotisi“ „kosaga oʻxshash idish“ni anglatadi. Xorazm shevasiga xos „gʻoʻch“ soʻzi — „mard“, „botir“; „nishatamiz“ — „nima qilamiz“ degan maʼnoni bildiradi. Dialektizmlarlardan oʻrinli foydalanish badiiy ijodning, umuman nutqning badiiyligini, uslubning fazilati, taʼsir-chanligini oshiradi.

AdabiyotTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil