Diammofos
Diammofos, diammoniy fosfat (NH4)2HPO4 — konsentrlangan azotfosforli oʻgʻit. Tarkibida 21% azot, 53% gacha fosfor bor. Suvda yaxshi erishi va oʻsimliklar yaxshi oʻzlashtirishi bilan ajralib turadi. Diammofos apatit konsentratidan olingan ekstraksion fosfat kislotani neytrallab tayyorlanadi. Namlanmaydi, sochiluvchan. Tabiatan fiziologik nordan oʻgʻit. Uni hamma tuproklarda (ayniqsa sur tuproqlarda) asosiy oʻgʻit sifatida hamda oʻsimliklarni oʻsuv davrida oziqlantirishda qoʻllanadi. Koʻpgina murakkab oʻgʻitlar tarkibiga kiradi. Gʻoʻza va boshqa ekinlarga samaradorligi jihatidan oddiy superfosfatdan ustun, ammofos va ammoniylashgan superfosfatga teng keladi. Oʻzbekistondagi kimyo sanoati korxonalarida ishlab chiqariladi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |