Dilda ishq daryochadir...

oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼrlar toʻplami

„Dilda ishq daryochadir...“oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2019-yil Toshkent shahrida „Ziyo nashr“ nashriyotida chop etilgan.[1] Toʻplamga shoir turli yillarda muhabbat mavzusida yozgan 96 sheʼr, shu jumladan, „Qaro qoshing“, „Bir tomchi yosh“, „Kuy avjida uzilmasin tor“, „Tun bilan yigʻlabdi bulbul“, „Barcha shodlik senga boʻlsin“, „Uygʻotmagil“, „Dutorim tori ikkidur“, „Oʻrtada begona yoʻq“, „Dildorga noma yozdim“ va „Dilda ishq daryochadir“ sheʼrlari kiritilgan. Toʻplam nomi shu nomli sheʼr nomidan olingan. Toʻplam lotin yozuvida chop etilgan.

Dilda ishq daryochadir...
Muallif(lar) Erkin Vohidov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar
Nashriyot „Ziyo nashr“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2019
Sahifalar soni 144
ISBN ISBN 978-9943-5705-8-0

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Abdurahmon Joʻrayev – muharrir, Bahodir Ibrohimov – badiiy muharrir, Oybek Haydarov – musahhih, Sirayyo Sunnatullayeva – sahifalovchi. Kitob adadi – 10 000 nusxa.

Manbalar tahrir

  1. „„Dilda ishq daryochadir...“, „Ziyo nashr“ MChJ“. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 17-dekabr. [sayt ishlamaydi]