Oʻzbek lotin alifbosi
Oʻzbek lotin alifbosi, oʻzbek lotin yozuvi — lotin grafikasiga asoslangan harf-tovush (fonografik) yozuv turi. Oʻzbek yozuvi tarixida lotin yozuviga asoslangan alifboning bir necha variantlari qabul qilingan.
1929—1934
tahrirA a | B ʙ | C c | Ç ç | D d | E e | Ə ə | F f | G g | Ƣ ƣ | H h | I i |
J j | K k | L l | M m | N n | Ꞑ ꞑ | O o | Ө ө | P p | Q q | R r | S s |
Ş ş | T t | U u | V v | X x | Y y | Z z | Ƶ ƶ | Ь ь | ' |
Oʻzbek yozuvini arab grafikasidan lotin grafikasiga oʻtkazish haqidagi dastlabki qaror 1929-yil 15—23-may kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan respublika adiblari, til-imlochilari va umuman yetakchi ziyolilar ishtirokidagi konferensiyada qabul qilingan va bu qaror 1929-yil 10-avgustda OʻzSSR Xalq maorif komissarligi hayʼati tomonidan tasdiqlangan edi. Ixtiyoriylikdan koʻra koʻproq majburiylikka asoslangan bu jarayon Moskvada ishlangan reja asosida Moskva vakillari kuzatuvida amalga oshirilgan edi.
1934—1940
tahrirA a | B ʙ | C c | Ç ç | D d | E e | (Ə ə) | F f | G g | Ƣ ƣ | H h | I i |
J j | K k | L l | M m | N n | Ꞑ ꞑ | O o | P p | Q q | R r | S s | |
Ş ş | T t | U u | V v | X x | Z z | Ƶ ƶ | ' |
Samarqand konferensiyasida qabul qilingan „lotinlashtirilgan oʻzbek alifbosi“ 33 harf va bir belgi (apostrof)dan iborat boʻlgan. Konferensiyada singarmonizm oʻzbek adabiy tili uchun xos hodisa deb topilishi va alifboga 9 ta unli uchun alohida harflar kiritilgani, shu asosda ishlab chiqilgan imlo qoidalari keyinchalik oʻzini oqlamadi, amalda imloda boshboshdoqlik vujudga keldi, ayni bir soʻz bir necha xil yoziladigan boʻldi. Natijada 1934-yilning yanvar oyida til va imlo masalalari boʻyicha oʻtkazilgan respublika qurultoyida oʻzbek alifbosidan Ө ө, Y y, Ь ь harflarini olib tashlashga hamda Ə ə harfidan foydalanishni cheklashga va uning oʻrniga aksar hollarda A a harfidan foydalanishga qaror qilingan. Bu qaror Oʻzbek SSR hukumati tomonidan 1934-yil 13-martda tasdiqlangan.
Lekin oʻtgan asrning 30-yillari 2-yarmidan oʻzbek yozuvini rus grafikasi asosida shakllantirish ishlari boshlanib, bu jarayon 1940-yilda yangi kirillcha alifbo qabul qilinishi bilan yakunlangan.
1993-1995
tahrirA a | B ʙ | C c | Ç ç | D d | E e | F f | G g | Ğ ğ | H h | I i | |
J j | K k | L l | M m | N n | Ñ ñ | O o | Ö ö | P p | Q q | R r | S s |
Ş ş | T t | U u | V v | X x | Y y | Z z | Ɉ ɉ | ʼ |
Harflarning alifbodagi asl tartibi: A a, B b, C c, D d, E e, F f, G g, H h, I i, J j, K k, L l, M m, N n, O o, P p, Q q, R r, S s, T t, U u, V v, X x, Y y, Z z, Ç ç, Ğ ğ, Ɉ ɉ, Ñ ñ, Ö ö, Ş ş, ʼ
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng respublikada oʻzbek yozuvini rus grafikasidan yana lotin grafikasi asosidagi yozuvga oʻtkazish haqida fikr-mulohazalar oʻrtaga tashlandi. Bu masala bir yil davomida ommaviy axborot vositalarida keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, 1993-yil 2-sentabrda Oʻzbekiston Respublikasining „Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida“gi qonuni eʼlon qilindi. Yangidan qabul qilingan oʻzbek alifbosi 31 harf va bir tutuq belgisi (apostrof)dan iborat deb belgilandi.
1995 — hozirgi vaqt
tahrirA a | B b | Ch ch | D d | E e | F f | G g | Gʻ gʻ | H h | I i | ||
J j | K k | L l | M m | N n | ng | O o | Oʻ oʻ | P p | Q q | R r | S s |
Sh sh | T t | U u | V v | X x | Y y | Z z | ʼ |
Harflarning alifbodagi asl tartibi: А а, B b, D d, Е е, F f, G g, H h, I i, J j, K k, L l, М m, N n, О о, P p, Q q, R r, S s, Т t, U u, V v, X x, Y y, Z z, Oʻ oʻ, Gʻ gʻ, Sh sh, Ch ch, ng, ʼ
1993-yilda joriy etilgan alifboni va shu asosda tayyorlangan „Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari“ni muhokama qilish jarayonida bir qator taklif va tavsiyalar qilindi, tanqidiy fikrlar bildirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 6-may kuni alifboga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida qonun qabul qildi. Bu hujjatga binoan 1) yangi oʻzbek alifbosi 26 ta harf, 3 ta harflar birikmasidan iborat ekanligi belgilandi; 2) C c, Ɉ ɉ harflari alifbodan chiqarib tashlandi; 3) Ç ç, Ğ ğ, Ş ş, Ñ ñ harflarning shakliga esa isloh kiritildi. Yangi alifbo asosida ishlash 1996-yildan boshlanishi qayd etilgan edi.
2004—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan „Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida“gi qonunni amalga oshirish ishlarini yanada jadallashtirish va takomillashtirish boʻyicha muhim qarorlar qabul qilindi[1].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ OʻzME (2000-2005). Abduvahob Madvaliyev.
Havolalar
tahrir- Qaysi biri to‘g‘ri: O'zbekiston, O’zbekiston, O`zbekiston yoki Oʻzbekiston?, Ozodlik radiosi
- Lotin alifbomizdagi baʼzi harflar oʻzgaradi(mi?), Zamin
- Oʻzbek lotin yozuvi muammolari: internetdagi muhokamalar (Wayback Machine saytida 2018-08-28 sanasida arxivlangan), Hamza Foziljonov
- Qaysi biri toʻgʻri: „sentabr“ yoki „sentyabr“? (Wayback Machine saytida 2018-08-28 sanasida arxivlangan), Xushnudbek Xudayberdiyev
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |