Dilfuza Mahmudova
Dilfuza Meliyevna Mahmudova (1974-yil 4-fevral, Kattaqoʻrgʻon tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari doktori (2022), dotsent (2021).
Dilfuza Meliyevna Mahmudova | |
---|---|
Tavalludi |
4-fevral 1974-yil Kattaqoʻrgʻon tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | matematik olim |
Sohasi | pedagogika |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | pedagogika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | dotsent |
Biografiyasi
tahrirDilfuza Mahmudova 1974-yil 4-fevral Kattaqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan[1]. 1996-yilda Toshkent davlat universiteti matematika fakultetini tamomlagan. 1998—1999-yillarda Toshkent shahri Sobir Rahimov tumanidagi 326-maktabida matematika oʻqituvchisi, 1999—2002-yillarda shu tumandagi 119-maktabda matematika oʻqituvchisi, 2002—2003-yillarda Toshkent avtomobil yoʻllari instituti oliy matematika kafedrasi assistenti, 2003—2007-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi akademik litseyda matematika oʻqituvchisi, 2007—2009-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti oliy matematika kafedrasi assistenti, 2009—2015-yillar Oʻzbekiston Milliy universiteti fizika fakulteti yadro va nazariy fizika kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2015—2016-yillarda mexanika-matematika fakulteti geometriya kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2016—2018-yillarda universitet doktoranti, 2018—2020-yillarda ijtimoiy fanlar fakulteti pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasi dosenti, 2020—2021-yillarda Chirchiq davlat pedagogika instituti matematika va informatika fakulteti matematika kafedrasi, 2021-yildan Chirchiq davlat pedagogika universiteti matematika oʻqitish metodikasi va geometriya kafedrasi mudiri[1].
Ilmiy faoliyati
tahrirDilfuza Mahmudova 2018-yilda pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olish boʻyicha „Muammoli masalalar yordamida talabalar ijodiy faoliyatini rivojlantirish metodikasi“ mavzusida dissertatsiyasini himoya qilgan. 2021-yil 30-noyabrda taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha dotsent ilmiy unvoni berilgan. 2022-yilda „Muammoli taʼlim texnologiyalari asosida talabalarning kreativ faoliyatini rivojlantirish metodikasi“ mavzusida doktorlik (DSc) dissertasiyasini himoya qilgan. 2 ta monografiya, 4 ta darslik, 7 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta uslubiy qo‘llanma, 50 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi[1].