Dilmurod Kasimov
Dilmurod Kasimov (toʻliq ismi: Kasimov Dilmurod Sultanmuratovich; 1975-yil 28-iyul, Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR) — sharqshunos-iqtisodchi, huquqshunos, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil. Mazkur lavozimga Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan 2017-yil 28-iyul kuni tayinlangan. Sodiq xizmatlari uchun medali sohibi[1][2].
Dilmurod Kasimov | |
---|---|
Tavalludi |
28-iyul 1975-yil |
Fuqaroligi |
O‘zbekiston SSR Oʻzbekiston |
Taʼlimi |
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Oʻzbekiston Milliy universiteti |
Faoliyat yillari | 2017-yildan – hozir amalda. |
Unvoni | Biznes Ombudsman |
Mukofotlari | Sodiq xizmatlari uchun medali |
Veb-sayti | biznesombudsman.u |
Tarjimai hol
tahrirKasimov Dilmurod Sultanmuratovich – 1975-yil 28-iyul kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. 1997-yil Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan, 2004-yil Oʻzbekiston Milliy unversitetini huquqshunoslik yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1997-yil Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi „Innovatsiya“ davlat aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasida mutaxassis lavozimidan boshlagan. 2003—2017-yillar davomida prokuratura organlarida turli xil lavozimlarda faoliyat olib borgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi PF–5125-sonli Farmoniga muvofiq Dilmurod Kasimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil lavozimiga tayinlangan[3][4][5][6]. Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan „Sodiq xizmatlari uchun“ medali bilan taqdirlangan.
Vakilning hisobdorligi
tahrirTadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlariga, ularning mansabdor shaxslariga tobe boʻlmagan tarzda amalga oshiradi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot beradi.
Vakilning huquqlari
tahrirTadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
- tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishiga doir qonun hujjatlarining davlat organlari tomonidan ogʻishmay ijro etilishini oʻrganish;
- tadbirkorlik subʼektlarining faoliyati tekshiruvlarini oʻtkazishning qonuniyligi monitoringini amalga oshirish, tadbirkorlik subʼektlarining faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish faktlarining oldini olish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflar kiritish;
- tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishiga doir qonun hujjatlarining buzilishiga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisida davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga yozma ravishda ogohlantirishlar eʼlon qilish;
- qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning rahbarlariga belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish; tadbirkorlik subʼektlarining manfaatlarini koʻzlab arizalar va daʼvolar bilan sudlarga davlat boji toʻlamasdan murojaat etish;
- davlat organlari va tashkilotlardan oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan statistik, tahliliy materiallarni, xulosalarni va boshqa axborotni soʻrash hamda olish;
- davlat organlarining tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq majlislarida ishtirok etish;
- zarur boʻlgan hollarda, oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organlarining, ilmiy muassasalarning va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb etish, ishchi guruhlar tuzish;
- tadbirkorlik faoliyati sohasidagi jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha gumon qilinayotgan, ayblanayotgan va hukm qilingan tadbirkorlik subʼektlari vakillari bilan uchrashish uchun qamoqda saqlash joylariga, jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish.
- Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin[sharh 1].
Vakilning majburiyatlari
tahrirTadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻz faoliyatini amalga oshirishda:
- Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etishi, oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi;
- davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashmasligi;
- davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning faoliyatiga toʻsiqlarni vujudga keltirmasligi;
- davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi;
- arz qiluvchilarni shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida xabardor etishi shart.
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakilning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin[sharh 1].
Izohlar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Президент бизнес омбудсманни тайинлади“ (uz-Cyrl). Газета.uz (2017-yil 29-iyul). Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Президент учредил институт бизнес-омбудсмана“ (ru). Газета.uz (2017-yil 5-may). Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Шавкат Мирзиёев Тадбиркорлар манфаатларини ҳимоя қилишга ўз вакилини тайинлади“ (ru). Qalampir. Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
- ↑ uz, Daryo „“Тадбиркорларнинг бирорта мурожаати эътиборсиз қолмайди” — бизнес-омбудсман“ (uz). Daryo.uz. Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
- ↑ uz, Kun „Бизнес-Омбудсман давлат мулклари бўйича ижара тўловини вақтинча тўхтатишни таклиф қилди“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Бизнес-омбудсман тадбиркорликнинг ривожига салбий таъсир кўрсатаётган омилга тўхталди“ (uz). www.xabar.uz. Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.