Bosh menuni och

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti — sharqshunos kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1991 yil 15 iyulda Toshkent universitetining sharq fakulteti asosida tashkil etilgan. Bakalavriatlarning 8 ta va magistraturaning 12 ta yoʻnalishi (jumladan, Sharq tillari va adabiyoti boʻyicha filologlar, Sharq falsafasi, shuningdek, islomshunoslik, mInstitutaqashunoslik va xalqaro munosabatlarga taallukli ixtisosliklar) boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar yetkazib beradi. Institutda 4 ta ft: sharq filologiyasi, iqtisodiyot, tarix, Quriyashunoslik; malaka oshirish va til oʻqitish maxsus markazi, 34 ta kafedra (jumladan, arab, eronafgʻon, xitoy, yapon, koreys filologiyasi, sharq tillarini oʻqitish metodikasi, Markaziy Osiyo xalklari tarixi, manbashunoslik va matnshunoslik, xorijiy mamlakatlar tarixi, islomshunoslik, xalkaro munosabatlar, menejment va marketing , xorijiy mamlakatlar iqtisodi, xalqaro iktisodiy munosabatlar va boshqalar), shuningdek, fundamental, amaliy va innovatsion yoʻnalishlardagi 10 ta ilmiy guruh (sharq mumtoz adabiyoti tarixini oʻrganish, islomshunoslik va iktisodiyot boʻyicha) va zamonaviy axborot texnologiyalari markazi faoliyat kursatadi. Institutda 3000 dan ortiq talaba, 370 professoroʻqituvchi (ulardan 30 tasi xorijliklar), jumladan 54 professor va fan doktori, 140 dots. va fan nomzodi hamda 3 Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik ishlaydi (2004). Institut muassisligida "Sharq mashʼali" ("Mayak Vostoka") ilmiyommabop jurnali va "Sharqshunoslik" ("Vostokovedeniye") ilmiy jurnali nashr etiladi. Institut kutubxonasida 200 mingga yaqin kitob jamlanmasi va 1000 ga yaqin noyob koʻlyozma asarlar zaxirasi mavjud.

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Asos solingan 1918-yil
Oʻquv yurti turi institut
Tipi davlat
Sohasi sharqshunoslik
Rektori Mannonov Abdurahim Mutalovcih
Manzili Toshkent, Shahrisabz koʻchasi, 25 Oʻzbekiston
Vebsayti tashgiv.uz

Institut qoshida 2 ta ixtisoslashgan kengash faoliyat olib boradi. Shuningdek, Institutda Iqtidorli talabalar markazi va Yosh olimlar kengashi ish yuritmoqda.

Institut dunyoning 40 dan ortiq xorijiy mamlakatlari (jumladan, Misr, AQSH, Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Koreya, Fransiya, Germaniya va boshqalar) universitetlari oʻquv yurtlari va ilmiy tadqiqotlar muassasalari bilan kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish boʻyicha oʻzaro tajriba almashish va malaka oshirish sohalarida hamkorlik qiladi.

Institutda N. Ibrohimov, Sh. Shomuhamedov, Gʻ. Abdurahmonov, A. Rustamov, O. Shomatov, A. Quronbekov, T. Muxtorov, T. Gʻiyosov, Gʻ. Ahmadjonov, M. Boboxoʻjayev, T. Sattorov, M. Axmedova, Q. Sodiqov, Q. Mahmudov, M. Ishoqov, R. Xoʻjayeva, A. Moʻminov, S. Gʻaniyeva kabi yirik olimlar faoliyat koʻrsatib kelmoqda.