Dilshod Saitov
Dilshod Saitov (1999-yil 2-fevralda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tugʻilgan) — oʻzbek futbolchisi, Paxtakor klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi himoyachisi[1].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Dilshod Boxodirovich Saitov | ||
Tavallud sanasi | 22-fevral 1999-yil | ||
Tavallud joyi | Kitob Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 1,71 m | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Vazni | 67 kg | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Paxtakor | ||
Raqami | 77 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2018—2022 | Nasaf | 106 | (11) |
2023— | Paxtakor | 12 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2019—2021 | UZB U-23 | 3 | (0) |
2021— | Oʻzbekiston termasi | 4 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Faoliyati tahrir
Ilk yillari tahrir
Dilshod Saitov — Nasaf futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2017-2018-yilgi mavsumda Dilshod Saitov Nasaf klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qilgan.
Nasaf safida tahrir
2018-yil 1-yanvaridan Dilshod Saitov Nasaf U21 jamoasidan Nasafning asosiy jamoasiga koʻchib oʻtadi. Dilshod Saitovning oʻyin uslubi Roʻziqul Berdiyevga yoqadi. Dilshod Saitov Nasaf safida Oʻzbekiston Superligasida birinchi mavsumida 7 ta oʻyin oʻyin oʻtkazadi va umumiy hisobda 568 daqiqa maydonda toʻp suradi.
2019-yilgi mavsum tahrir
2019-yilgi mavsumda Dilshod Saitov Nasaf safida Oʻzbekiston Superligasida 26 ta oʻyinda maydonga tushdi 4 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Umumiy hisobda 2.018 daqiqa maydonda toʻp suradi[2].
2020-yilgi mavsum tahrir
2020-yilgi mavsumda Dilshod Saitov Nasaf safida Oʻzbekiston Superligasida 17 ta oʻyinda maydonga tushdi 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Umumiy hisobda 1.269 daqiqa maydonda toʻp suradi[3].
2021-yilgi mavsum tahrir
2021-yilgi mavsumda Dilshod Saitov Nasaf safida Oʻzbekiston Superligasida 23 ta oʻyinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Umumiy hisobda 1.541 daqiqa maydonda toʻp suradi[4].
2022-yilgi mavsum tahrir
2022-yilgi mavsumda Dilshod Saitov Nasaf safida Oʻzbekiston Superligasida 16 ta oʻyinda maydonga tushdi 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Umumiy hisobda 1.312 daqiqa maydonda toʻp suradi.
Terma jamoadagi faoliyati tahrir
Dilshod Saitov Oʻzbekiston U23 va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi oʻynadi. Oʻzbekiston U23 jamoasi safida ilk bor 2019-yil 22-martda Hindiston U23 jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi safida ilk bor 2021-yil 9-oktabrda Malayziya milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan[5].
Faoliyatidagi statistikasi tahrir
Klub safidagi statistikasi tahrir
Klub | Mavsum | Oʻzbekiston Superligasi | Oʻzbekiston kubogi | Osiyo Chempionlar ligasi | Boshqa | Umumiy | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Chempionat | Isht | Gollar | Isht | Gollar | Isht | Gollar | Isht | Gollar | Isht | Gollar | ||
Nasaf | 2018-yil | Superliga | 7 | 0 | 9 | 1 | 0 | 0 | — | 16 | 1 | |
2019-yil | Superliga | 26 | 4 | 3 | 0 | 0 | 0 | — | 29 | 4 | ||
2020-yil | Superliga | 17 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | — | 17 | 2 | ||
2021-yil | Superliga | 23 | 0 | 6 | 0 | 7 | 3 | — | 30 | 9 | ||
2022-yil | Superliga | 16 | 2 | 2 | 0 | 6 | 0 | — | 24 | 2 | ||
Jami | 89 | 7 | 9 | 2 | 13 | 3 | — | 116 | 18 |
Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi safida statistikasi tahrir
Oʻzbekiston milliy terma jamoasida | ||
---|---|---|
Yil | Isht | Gollar |
2022-yil | 4 | - |
Jami | 4 | - |
Manbalar tahrir
- ↑ „Dilshod Saitov“. 2022-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
- ↑ „2019-yilgi mavsum Nasaf safidagi ko`rsatkichlari“.
- ↑ „2020-yilgi mavsum Nasaf safidagi ko`rsatkichlari“.
- ↑ „2021-yilgi mavsum Nasaf safidagi ko`rsatkichlari“.
- ↑ „Dilshod Saitovning terma jamoadagi faoliyati“.