Dinara Saduakassova
Dinara Saduakassova
Mamlakat Qozog`iston
Tugʻilishi 31-oktyabr 1996-yil
Ostona Qozog`iston
Saravha

Xalqaro magistr,

Ayol grossmeyster
FIDE reyting (Avgust 2022-yil) (fevral 2024)
Yuqori reytingi 2519 (Yanvar 2020-yil)

Dinara Saduakassova (talaffuzi: Dinara Saduakasova, 1996-yil 31-oktyabrda tugʻilgan)[1] — qozogʻistonlik shaxmatchi, FIDE xalqaro usta (IM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega.

Karyera tahrir

Dinara Saduakassova Qozogʻistonning Ostona shahrida tugʻilgan.[1] 2010-yilda 14 yoshgacha boʻlgan qizlar toifasida[2] va 2014-yilda 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha jahon chempionatida ikki marta gʻolib boʻlgan.[3]

U 2012-yilda Istanbulda boʻlib oʻtgan Olimpiadada ishtirok etgan vaqtida bor yoʻgʻi 15 yoshda boʻlgan va turnirning eng yosh oʻyinchisi sifatida qaralgan. Istabuldagi oʻyinlari natijasida „Ayol grossmeyster“ unvoniga sazovor boʻlgan. Oʻsha yili u Moskva ochiq chempionatida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan.[4]

Dinara Qozogʻiston terma jamoasi safida toʻrt marotaba ayollar shaxmat olimpiadalarida (2008, 2010, 2012 va 2014), shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida ikkita jamoaviy jahon chempionatida (2013 va 2015), uch marta ayollar oʻrtasidagi Osiyo Millatlar kubogida (2012, 2014 va 20) ishtirok etgan. 2011-yil 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon shaxmat olimpiadasida ham qatnashgan. Dinara 2016-yilda Abu-Dabida boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi Osiyo Millatlar kubogida jamoaviy oʻyinlarda bronza medalini qoʻlga kiritdi.[5][6] 2015-yilda Saduakassova Makedoniyaning „Gambit Asseco SEE“ jamoasida oʻynadi, u Skopye shahrida boʻlib oʻtgan ayollar shaxmat klublari oʻrtasidagi Yevropa kubogida kumush medalni qoʻlga kiritdi.[7]

2016-yil avgust oyida Saduakassova Hindistonning Bhubanesvar shahrida oʻtkazilgan oʻsmir qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib boʻldi.[8] U 2017-yilgi ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etib, ikkinchi davrada Xarika Dronavalliga yutqazib qoʻydi. Oʻsha yili u xalqaro usta unvonini ham qoʻlga kiritdi.

2019-yil oktabr oyida u 2019-yilgi FIDE Chess.com Grand Shveysariya turnirida 2650 reyting balli bilan ishtirok etib, oʻzining birinchi grossmeysterlik normasini oldi.[9]

Faollik tahrir

2017-yilning 17-noyabrida Dinara Saduakassova BMTning Qozogʻistondagi bolalar jamgʻarmasining[sayt ishlamaydi] Milliy elchisi boʻldi.[10]

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 WIM title application. FIDE.
  2. World Youth Chess Championships 2010 Girls Under 14. chess-results.com.
  3. World Youth Chess Championships 2014 U18 Girls. chess-results.com.
  4. [1] Mihajlova, Diana. „Dinara Saduakassova — the Kazakh prodigy“. Chess News. 5 August 2015
  5. „Asian Nations Cup 2016 - Indian Men are champion, Chinese Women Retain title“. FIDE (2016-yil 6-aprel). Qaraldi: 2016-yil 24-avgust.
  6. „Kazakhstan third at Asian Nations Chess Cup - Sport“. Tengrinews.kz (2016-yil 7-aprel). Qaraldi: 2016-yil 24-avgust.
  7. Dinara Saduakasova team chess record at Olimpbase.org
  8. „Jeffery Xiong and Dinara Saduakassova are 2016 World Junior Champions“. Chessdom (2016-yil 21-avgust). Qaraldi: 2016-yil 23-avgust.
  9. Doggers. „Wang Hao Wins FIDE Chess.com Grand Swiss, Qualifies For Candidates“. Chess.com (2019-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.
  10. INFORM.KZ. „Chess player Dinara Saduakassova becomes UNICEF Goodwill Ambassador“ (ru). www.inform.kz. Qaraldi: 2018-yil 9-aprel.

Havolalar tahrir