Diplomli ishsiz
Diplomli ishsiz (asl nomi: “Velaiilla Pattadhari”) — 2014-yilda rejissyor Velraj tomonidan suratga olingan tamil tilidagi Hindiston jangari drama filmi. Xalq orasida VIP nomi bilan tanilgan. 2017-yilda filmning davomi sifatida rejissyor Soundarya Rajnikanth tomonidan “Diplomli ishsiz 2” filmi suratga olingan.
Diplomli ishsiz | |
---|---|
Film posteri | |
Rejissyor(lar) | Velraj |
Prodyuser(lar) | Dhanush |
Ssenariynavis(lar) | Velraj |
Rollarda |
Dhanush Amala Paul |
Bastakor(lar) | Anirudh Ravichander |
Kinematografiya | Velraj |
Muharrir(lar) | Rajesh Kumar |
Studiya(lar) | Wunderbar Films |
Distribyutor |
Escape Artists Motion Pictures Wunderbar Films Kalasangham Films |
Chiqarilgan sanasi | |
Davomiyligi | 135 daqiqa |
Mamlakat | Hindiston |
Til | Tamil tili |
Byudjeti | ₹8 crore[2] |
Daromadi | ₹53 crore[2] |
Syujeti
tahrirRaguvaran qurilish muhandisligi fakultetini tamomlagan, ammo 4 yildan beri ishsiz. U faqat oʻz sohasiga tegishli ishda ishlashni istaydi. U tez-tez otasi bilan bahslashib qoladi, otasi uni takasaltang deb biladi. Uning ukasi Kartik AT kompaniyada ishlab yaxshi pul topadi va undan otasi rozi boʻladi. Raguvaranning onasi Buvana esa uni qoʻllab-quvvatlaydi. Raguvaran yangi koʻchib kelgan qoʻshnisining qizi Shaliniga oshiq boʻladi. Shalini avvaliga uni yomon koʻradi, lekin u duch kelayotgan qiyinchiliklarni bilgach, unga iliq munosabatda boʻladi va oxir-oqibat uning sevgisiga javob qaytaradi.
Bir kuni Raguvaranning otasi va Kartik qarindoshlarining toʻyiga ketganida ular undan yurak xasta onasiga qarashni soʻrashadi. Biroq, u Shalini bilan uchrashuvga chiqib, onasi qoʻngʻiroqlarini koʻtarmaydi. Raguvaran uyga qaytib, onasi yurak xurujidan vafot etganini biladi va buning uchun oʻzini aybdor his qilib, depressiyaga tushadi. Vafot etgan Buvananing oʻpkasi oʻpka saratoni bilan kasallangan kashanda Anitaga koʻchiriladi. Anitaning otasi Ramkumar Chennaydagi qurilish injiniring kompaniyasining raisi va Raguvaranga qizining hayotini saqlab qolgani uchun minnatdorchilik belgisi sifatida ish taklif qiladi. Raguvaran taklifni qabul qiladi va Anitadan chekmaslikni iltimos qiladi, u ham rozi boʻladi. Raguvaranga 6 oy oʻtgach koʻp qavatli uylar qurish boʻyicha hukumat loyihasi taklif qilinadi. U hukumatdan shartnomani muvaffaqiyatli yutib oladi va darhol uning ustida ishlashni boshlaydi.
Otasining kompaniyasining Chennaydagi filialini egallab olgan Arun Subramaniam yerni olmaganidan gʻazablanib, Raguvaranning rivojlanishiga turli yoʻllar bilan toʻsqinlik qiladi. Raguvaran bu toʻsiqlarning har birini yengib oʻtadi va oʻz ishini davom ettiradi, lekin oxir-oqibat Arun qurilish maydonchasida Raguvaran ishchilarini kaltaklash uchun zoʻravonlarni yollaydi. Ishchilar jarohat qolishib kasalxonaga tushishadi, Raguvaran esa bu masalaga chek qoʻyish uchun Arunning ofisiga boradi. Arun zoʻravonlarni joʻnatganini tan oladi, bu esa mikro josuslik kamerasi tomonidan yozib olinadi. Raguvaran undan uzr soʻrashini talab qiladi, aks holda videoni ommaga eʼlon qilishini aytadi. Video uning obro‘siga putur yetkazishidan qo‘rqib, Arunning otasi Venkat uzr so‘rash uchun o‘g‘lini kasalxonaga yuboradi. Raguvaran uzrni qabul qiladi va loyiha 10 oy ichida yakunlaydi.
Koʻp qavatli uylar ochilishi kuni Arun Raguvaranga pistirma qoʻyadi, lekin Raguvaran ularni magʻlub qiladi. Raguvaran Arunni ochilish marosimiga olib boradi. U yerda vazir va Anita ochilish marosimini oʻtkazishadi.
Rollarda
tahrir- Dhanush — Raguvaran rolida;
- Amala Paul — Shalini rolida;
- Saranya Ponvannan — Buvana, Raguvaranning onasi rolida;
- Samuthirakani — Krishnamurthi, Raguvaranning otasi rolida;
- Vivek — Azhagusundaram
- Hrishikesh — Kartik, Raghuvaranning ukasi rolida;
- Surbhi — Anita rolida;
- Amitash Pradhan — Arun Subramaniam rolida;
- Cell Murugan — Manickam rolida;
- Vignesh Shivan — Vignesh rolida;
- Meera Krishnan — Shalinining onasi rolida;
- D. R. K. Kiran — MLA Varadarajan rolida;
- M. J. Shriram — Ramkumar, Anitaning otasi rolida;
- Sanjay Asrani — Venkat Subramaniam rolida.
Manbalar
tahrir- ↑ Seshagiri, Sangeetha. „Box Office: Will Suriya's 'Anjaan' Beat Dhanush's 'VIP' Collections?“. International Business Times (2014-yil 13-avgust). 2016-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 „2014: When little gems outclassed big guns in southern cinema“. Hindustan Times. IANS (2014-yil 19-dekabr). 2014-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-dekabr.
Havolalar
tahrirVikiiqtibosda Diplomli ishsizga tegishli iqtiboslar mavjud. |