Dispetcher (ing . dispatch — tez bajaraman) — i. ch.ning uzluksizligini taʼminlash maqsadida, uning har bir jarayonini maxsus texnika vositalari yordamida operativ nazorat qilish, muvofiklashtirish va markazlashgan boshqaruvni amalga oshiruvchi xizmatchi. D. dispetcherlik pultida oʻrnatilgan aloqa vositalari, dispetcherlik signalizatsiya apparatlari, dispetcherlik soʻzlashuv apparatlari yoki kommutatorlar, faks va televizion uskunalari, radiotelefon, kompyuter va b. vositalardan foydalanib ish yuritadi (yana q. Dispetcherlash).

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil