Dispetcherlik pulti - dispetcherlik xizmati ishini amalga oshirishga moʻljallangan boshqaruv-nazorat, xabar berish qurilmalari va aloqa vositalari jamlangan dispetcherlik ish stoli. Pultda obʼyektlar holati haqidagi yuborilgan axborotlar toʻplanadi va dispetcher qabul qilgan qarorlar obʼyektlarga uzatiladi. Hoz. vaqtda kompyuter tizimiga asoslangan D. p. ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi va boshqarishni qulaylashtiradi. Uni boshqarish bevosita bosh dispetcher va uning oʻrinbosarlari yoki smena dispetcherlari tomonidan amalga oshiriladi (qarang Dispetcherlash).

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil