Dissimilyasiya (tilshunoslik)
Dissimilyasiya (tilshunoslikda) — nutqiy hodisa. Muayyan soʻzdagi bir-biriga oʻxshagan yoki qisman oʻxshash tovushlardan birining hosil boʻlishi oʻrniga, usuliga koʻra farq etuvchi boshqa tovushga oʻxshashi. Dissimilyasiya assimilyasiya qarama-qarshi fonetik hodisa boʻlib, u assimilyasiya darajasida keng tarqalgan emas, chunki koʻp hollarda unda sonor tovushlarga ega boʻlgan soʻzlargina dissimilyasiyaga uchraydi. Dissimilyasiya adabiy tillarga nisbatan shevalarda koʻproq. Dissimilyasiyaning ikki turi mavjud:
- kontakt dissimilyasiya (masalan, tramvay — tranvay);
- distakt dissimilyasiya (masalan, zarar — zaral, avtobus — aptobus).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |