Dmitriy Lvovich Mayzels (haqiqiy ismi – Samuel Leontevich Mayzels; 1888-yil 4-aprel, Minsk – 1941-yil noyabr, Leningrad) – rus shoiri va tarjimoni.

Dmitriy Mayzels
Tavalludi 1880-yil 4-aprel
Vafoti 1941-yil noyabr
Leningrad
Ijod qilgan tillari ruscha
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasiRossiya bayrogʻi Rossiya respublikasiSSSR bayrogʻi SSSR
Yoʻnalish Sheʼriyat

Biografiyasi

tahrir

Shoir 1888-yilda Minskda tugʻilgan. 1910-yil 27-mayda Liverpuldan „Mavritaniya“ transatlantik kemasida Nyu-Yorkka joʻnab ketgan. Nyu-Yorkda bosmaxonada ishlagan. 1914-yillarda Vilnoda istiqomat qilgan. 1914-1915-yillarda harbiy xizmatni oʻtayotganda yaralangan va komissiya qaroriga koʻra xizmatdan boʻshatilgan. Davolanishdan soʻng Petrogradga koʻchib oʻtib, u yerdagi universitetga oʻqishga kirgan. „Arion“ adabiy toʻgaragiga aʼzo boʻlgan va „Arion“ homiyligida chop etiladigan „Rudin“ jurnalining hissadorlari safida boʻlgan[1][2]. Uning she’rlari 1915-1916-yillarda mazkur jurnalda chop etilgan. Shu jurnalda Georgiy Maslov, Nikolay Otsup, Anna Regatt, Vsevolod Rojdestvenskiy, Viktor Trivus va Larisa Reysner kabi ijodkorlarning asarlari ham nashr qilingan. Oʻsha yillarda Mayzels dastlab Kanoner koʻchasidagi 12-uyda, keyinchalik esa Angliya shoh koʻchasining 46-uyida (Savdo koʻchasi bilan kesishgan joyda, 27-uy) istiqomat qilgan.[3]

Dmitriy Lvovich 1918-yil 18-mayda „Arzamas“ jamiyati tomonidan tashkil etilgan „Peterburg shoirlari kechasi“da ishtirok etdi. 1919-yilgacha „Arion“ jamiyati ishida ishtirok etishni davom ettirdi va Ryazan sanʼat uyining ochilishida ishtirok etdi. Bu uy raisining yordamchisi lavozimini egalladi. Ryazan sanʼat uyi qoshidagi Shoirlar uyushmasining sheʼriy almanaxlari ishtirokchisi boʻlgan[4]. 1920-yil may oyida Shoirlar uyushmasi Butunrossiya shoirlar uyushmasining Ryazan boʻlimiga aylantirildi va Dmitriy Mayzels uning raisi etib saylandi[5][6].

1918-yilda Petrograddagi „Siring“ nashriyotida uning sevgilisi Dora Levinaga bagʻishlangan yagona sheʼriy toʻplami „Trium“ nashr etildi. Mayzeltsning Dora Levina bilan 1914-1927-yillardagi yozishmalari Levina arxivida saqlanib qolgan[7].

Manbalar

tahrir
  1. Galooʻnaya vulіsa Mіnska. 1880—1940: Na glavnoy ulitse Minska v 1900-e godi raspolagalis doma torgovsa Leyvi-Isika (Leyvika) Abelevicha Mayzelsa (i ego otsa Abelya Yankelevicha Mayzelsa), kotoriy v 1890-e godi jil v Vilne.
  2. „Летейская библиотека“. 2020-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-iyul.
  3. „Весь Петроград (1917)“. 2021-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-avgust.
  4. N. P. Kugusheva. Prorjavlennie dni. Sobranie stixotvoreniy
  5. „Пастернак у Кисина в Рязани“. 2020-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-avgust.
  6. „Я снова буду жить“. 2019-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-avgust.
  7. „Дмитрий Майзельс: Вторая весна“. 2020-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-iyul.