Liverpool — Buyuk Britaniyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Mersisayd grafligining maʼmuriy markazi. Mersi daryosining Irlandiya dengiziga quyilish joyida. Aholisi 474 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oxiri).L. — transport yoʻllarining yirik tuguni. Londondan keyin 2-oʻrindagi port. L. porti orqali chetga mashinalar, toʻqimachilik, kimyo va neft mahsulotlari chiqariladi; chetdan oziqovqat, rangli metallar, temir rudasi va boshqa keltiriladi. Aeroporti xalqaro ahami-yatga ega. Sanoati, asosan, port va unga xizmat koʻrsatuvchi sohalar bilan bogʻliq. Kemasozlik, kema tuzatish, oziqovqat, rangli metallurgiya, rezina, kimyo, poligrafiya, elektronika, avtomobil-sozlik, aviatsiya, neftni qayta ishlash korxonalari bor. L.da jamgʻarma va tovar (paxta, don, meʼa) birjalari mavjud. L. birjasida Oʻzbekiston paxtasi ham sotiladi. L. qoʻlyozmalarda 1911-yildan tilga olingan. 1207-yildan shahar maqomini olgan. 13-asrdan port, 17-asr 2-yarmidan. L. Angliyaning Amerika va Vest-Indiyadagi mustamlakachilari bilan keng mikyosda savdo aloqalari olib borgan. 19-asrda L. Angliyaning chetdan paxta kel-tiradigan va chetga ip gazlama chiqaradigan eng katta porti. Meʼmoriy yod-gorliklaridan ratusha (18-asr), Sent-Jorj-xoll zali (19-asr), Angliya banki binolari, soborlar saqlangan. Uoker badiiy galereyasi, universitet (1903) bor.[1]

Va eng qiziqarlisi esa u yerda Liverpool degan ajoyib futbol klubi tug'ilgan. Hozirgi vaqtda esa bu klub zo'rlardan biri deb topilgan


ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil