Dmitriy Panfilov
Dmitriy Ivanovich Panfilov (1913-yil, Qozogʻistonning Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati Burlinskiy tumani — 1985-yil, SSSR Oʻzbekiston SSR Fargʻona viloyati) — Sovet Armiyasi leytenanti, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1945).
Dmitriy Ivanovich Panfilov | |
---|---|
Tavalludi |
1913-yil Qozog'istonning G'arbiy Qozog'iston viloyati Burlinskiy tumani |
Vafoti |
1985-yil SSSR Oʻzbekiston SSR Fargʻona viloyati |
Fuqaroligi | SSSR |
Unvoni | Sovet Ittifoqi Qahramoni |
Mukofotlari |
Qizil Bayroq ordeni 1 va 2-darajali Vatan urushi ordeni „Oltin yulduz“ medali |
Biografiyasi
tahrirDmitriy Panfilov 1913-yil 15-oktyabrda Burlin qishlogʻida (hozirgi Qozogʻistonning Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati Burlinskiy tumani) tavallud topgan. Maktabning yettinchi sinfini tamomlagach, Jalolobodda istiqomat qilish uchun joʻnab ketgan va oʻsha yerda mehnat qilgan.
1935—1937-yillarda Ishchilar va dehqonlar Qizil Armiyasi safida xizmat qilgan[1]. 1944-yilning iyun oyida Panfilov armiyaga chaqirtiriladi va oʻsha yilning iyul oyidan boshlab Ikkinchi jahon urushi frontlarida jang olib boradi. 1944-yilga kelib tank maktabini tamomlaydi[2].
1944-yil avgustda kichik leytenant Dmitriy Panfilov 2-Ukraina fronti 18-tank korpusining 170-tank brigadasi vzvodiga qoʻmondonlik qiladi[3]. U Yassi-Kishinev operatsiyasi paytida koʻrsatgan jasorati va qahramonligi bilan boshqalardan ajralib turadi. 1944-yil 21-avgustda Panfilov vzvodi razvedkada boʻlganida Ruminiya piyoda askarlari diviziyasining qochish yoʻllarini kesib, dushmanga katta talofat yetkazadi. 1944-yil 25-avgustda Ruminiyaning Stroeshti aholi punkti uchun boʻlgan jangda Panfilov vzvodi qurshab olingan holda, bir kun davomida dushmanning ustun qoʻshinlari bilan jang olib boradi, 3 ta artilleriya, 5 ta zirhli transport vositasi, 2 ta mashina, 80 dan ortiq dushman askar va ofitserlarini yoʻq qiladi. Panfilov, shuningdek, Gʻalaba paradida ham ishtirok etadi.
1946-yilda Panfilov leytenant unvoni bilan zaxiraga oʻtkaziladi. Avval Jalolobodda, keyin Fargʻonada yashaydi.
Vafoti
tahrirDmitriy Ivanovich Panfilov 1985-yil 10-dekabrda vafot etadi va Farg‘ona viloyatida dafn etiladi[2].
Mukofotlari
tahrirSSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi farmoni bilan leytenant Dmitriy Panfilov Yassi-Kishinev operatsiyasida koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni, Lenin ordeni va № 4810 sonli qaroriga koʻra „Oltin yulduz“ medali bilan taqdirlanadi[2].
Mehnat faoliyati va janglarda koʻrsatgan qahramonliklari uchun bir necha bor Qizil Bayroq ordeni, 1 va 2-darajali Vatan urushi ordeni, bir qancha medallar bilan ham taqdirlangan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „ПАНФИЛОВ ДМИТРИЙ ИВАНОВИЧ (1913-1985)“. 2023-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Dmitriy Panfilov“ (ru). Герои страны.
- ↑ „Панфилов Дмитрий Иванович“.
Adabiyotlar
tahrir- Geroi Sovetskogo Soyuza: Kratkiy biograficheskiy slovar / Pred. red. kollegii I. N. Shkadov. — M.: Voenizdat, 1988. — T. 2 /Lyubov — Yaщuk/. — 863 s. — 100 000 ekz. — ISBN 5-203-00536-2.
- Sannikov V. V., Semenkov V. N. Geroi Sovetskogo Soyuza — kirgizstansi. Frunze, 1963.