Dmitriy Pustobayev
Dmitriy Gavrilovich Pustobayev (1927-yil 11-iyun, Moʻynoq tumani, Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Oʻzbekiston SSR — 1986-yil 20-dekabr, Krasnodar, Krasnodar oʻlkasi, RSFSR) – sovet jamoat, davlat va siyosat arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni. RSFSR Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligining Krasnodar oʻlkasi, Krasnoarmeyskiy tumani „Priazovrisstroy“ trestining 11-sonli koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonnasi ustasi[1].
Dmitriy Pustobayev | |
---|---|
Tavalludi |
11-iyun 1927-yil |
Vafoti |
20-dekabr 1986-yil Krasnodar, Krasnodar oʻlkasi, RSFSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Partiyasi | KPSS |
Unvoni | |
Mukofotlari |
Biografiya
tahrirDmitriy Pustobayev 1927-yil 11-iyunda Moʻynoq tumani maʼmuriy markazi Moʻynoq qishlogʻida tugʻilgan[1][2]. Millati rus[1].
Ulugʻ Vatan urushi yillarida Qizil Armiya safiga harbiy xizmatga chaqirilib, tank haydovchisi boʻlib xizmat qilgan. 1951-yilda zaxiraga oʻtkazilgandan soʻng, Dmitriy Gavrilovich Pustobayev Kubanda qoladi va Krasnoarmeyskiy sovxoziga (markazi Oktyabrskiy qishlogʻi) ishlashga ketgan. Dastlab Dmitriy Pustobayev mexanizator, 1956-yilda esa Aleksey Maytrenko sovxoz direktori lavozimiga tayinlangandan keyin sovxozda jadal qurilish ishlari boshlanadi va Dmitriy Pustobayev kranchilikka ishga oʻtadi. Dmitriy Pustobayev asosan uylar, chorvachilik fermalari va boshqa xoʻjalik inshootlarini yuklagan hamda tashigan[1]. 1960-yillarning boshlarida Dmitriy Pustobayev Kubanda sholi maydonlarini tashkil qilish uchun yaratilgan „Priazovrisstroy“ trestining 11-sonli koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonnasiga ekskavator operatori boʻlib ishga kiradi. Koʻp oʻtmay, Dmitriy Pustobayev Krasnodar oʻlkasining Krasnoarmeyskiy, Slavyanskiy va Kalininskiy tumanlarida Azov tekisliklarini oʻzlashtirish, botqoqlarni quritish va sholi maydonlarini yaratish boʻyicha ishlagan ekskavatorlar guruhini boshqargan[2]. Uning 6 kishidan iborat brigadasi mashinistlari smenali koeffitsientni oshirib, kuniga 20—22 soat toʻxtamasdan ishlab, 1969-yilda ikki yillik rejani bajarganlar. Brigada aʼzolarining rejali profilaktika ishlariga katta eʼtibor qaratilgani tufayli har bir ekskavatorning ishlash muddati oshgan. Dmitriy Pustobayev brigada aʼzolari bilan birgalikda „Kovrovets“ ekskavatorida koʻp mehnat qilishgan, ushbu ekskavot kovshi bilan 1970-yilda 8-besh yillikning (1965—1970) rejadagi 143 ming oʻrniga 280 ming kub metrdan ortiq tuproq olib tashlashgan. Dmitriy Pustobayev brigadasining tajribasi KPSS Krasnodar oʻlkasi qoʻmitasining 10-plenumida (1970) muhokama qilinib, amaliyotda foydalinishda maʼqullangan[1].
SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1971-yil 8-apreldagi farmoni bilan qishloq xoʻjaligini rivojlantirishdagi natijalar hamda davlatga dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini sotish boʻyicha besh yillik rejani bajarishda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlari uchun Dmitriy Gavrilovich Pustobayega Lenin ordeni, Oʻroq va Bolgʻa oltin medali bilan Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan. Brigadir Dmitriy Pustobayev 10 dan ortiq ekskavator mashinistlarini shaxsan oʻzi individual tarzda tayyorlagan.
KPSS XXV syezdiga delegat etib saylangan (1976)[3]. RSFSRda xizmat koʻrsatgan meliorator (02.02.1970)[2].
Umrining oxirgi yillarida oʻlka markazi Krasnodar shahrida yashagan. 1986-yil 20-dekabrda vafot etgan[1].
Dmitriy Pustobayev Lenin ordeni (04.08.1971), medallar, shu jumladan „Mehnatda oʻrnak koʻrsatganlik uchun“ (23.06.1966), SSSR xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasining oltin medali bilan taqdirlangan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 „Пустобаев Дмитрий Гаврилович“.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „11 ИЮНЯ РОДИЛИСЬ...“ (2023-yil 11-iyun).
- ↑ „XXV съезд КПСС. Стенографический отчёт. Том 2.“. — М., 1976..