Dmitriy Sinitskiy
Dmitriy Dmitriyevich Sinitskiy (1907.18.1, Ukrainaning Kirovograd viloyati — 1970.2.7, Toshkent) — grafik rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). 1945-yildan Oʻzbekistonda. "Mushtum" jurnal va gazetalarda bezatuvchi rassom. Sinitskiy ijodi bilan gazetajur. plakati rivojiga samarali hissa qoʻshgan; hayotda uchrab turadigan kamchiliklar, salbiy illatlar, yaramas odatlarni fosh etuvchi karikaturalari, rasmlari gazetalar va "Mushtum", "Gʻuncha" jurnal sahifalarida, "Jangovar qalam" plakatlar turkumida nashr qilingan. Zulfiya, A. Udalov, Poʻlat Moʻmin va boshqa adiblarning kitoblarini badiiy bezagan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |