Doʻstlik stadioni – Toshkent viloyatida joylashgan Oʻzbekiston terma jamoalar markazi stadioni. Stadion va terma jamoalari markazi 2024-yil 24-yanvarda ilk bor toʻliq foydalanishga topshirilgan[1].

Doʻstlik stadioni
Do'stlik Stadium
Joyi Oʻzbekiston Oʻzbekiston, Toshkent viloyati
Asos solingan 2021-yil
Qachon qurilgan 2021—2024
Qachon ochilgan 2024-yil 28-yanvar
Egasi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi
Operator OʻFA
Yuzasi tabiy chim va gibrid
Hajmi 8,000
Maydon oʻlchami 105m x 68m

Tarixi

tahrir

2019-yil 3-sentyabrda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov taklifiga koʻra Oʻzbekiston terma jamoalari uchun maxsus markaz va stadion qurilishi aytilgan[2]. Stadion qurilishida FIFA vakillari bir necha tavsiy va takliflar bergan[3][4][5]. Stadion qurilishi bilan FIFA bosh kotibi Fatma Subura[6] va FIFA prezidenti Gianni Infantino tanishgan[7]. Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida FIFA tashkiloti FIFA Forward dasturi[8] asosida Oʻzbekistonga terma jamoalar markzi va Doʻstlik stadionida qoʻshimcha maydonlar qurilishi uchun 4,2 mln dollar ajratgan[9][10]. Stadion va markazni qurilishida Fransiya[11], Marokash[12] va bir qator davtlar tajribalari oʻrganilgan. Stadionda ilk bor 2023-yil 8-avgustda Oʻzbekiston U-15 terma jamoasi Saudiya Abistoni U-15 terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarini oʻtkazgan[13]. Keyinchalik bir necha yosh toidasidagi terma jamoalar oʻz oʻrtoqlik oʻyinlarini Doʻstlik stadionida oʻtkazgan[14][15][16].

Tavsifi

tahrir

Stadion Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan. Doʻstlik stadionidan tashqari, terma jamoalar markazida 7 ta mashgʻulot maydoni, plyaj maydoni, futzal maneji, futbolchilar tiklanish makazi va yotoqxonlar qurilishi rejalashtirilgan. Doʻstlik stadioni sigʻimi 8000 oʻringga ega[17].

Tarixiy oʻyinlar

tahrir

Stadion ilk bor AFC ayollar futbolidagi katta musoboqalaridan biri, 2024-yilda oʻtkaziladigan AFC U-20 ayollar Osiyo kubogi turniriga mezbon stadionlar biri sifatida tanlangan[18][19].

Manbalar

tahrir
  1. „O'zbekiston terma jamoalari markazi ilk bor o'quv-mashg'ulot yig'inini qabul qildi“ (2024-yil 24-yanvar).
  2. „Terma jamoalar uchun yangi baza barpo etiladi“ (2019-yil 3-sentyabr).
  3. „“Do'stlik” terma jamoalar markazida qurilish ishlari davom etmoqda“ (2022-yil 28-sentyabr).
  4. „FIFA koordinatorlari "Do'stlik" terma jamoalar markazi qurilish ishlari bilan tanishishdi“ (2022-yil 11-avgust).
  5. „FIFA vakillari yangi qurilayotgan "Do'stlik" terma jamoalar markazi bilan tanishishdi“ (2023-yil 22-iyul).
  6. „ФИФА бош котиби Терма жамоалар марказидаги қурилиш ишлари билан танишди“ (2022-yil 15-noyabr).
  7. „Janni Infantino "Do'stlik" terma jamoalar markazi qurilishi bilan tanishdi“ (2023-yil 6-may).
  8. „FIFA: Ўзбекистон FIFA Forward дастурини татбиқ этиш бўйича Марказий Осиёда етакчилик қилмоқда“ (2024-yil 5-fevral).
  9. „FIFA O‘zbekistonda 4ta futbol maydonini qurish uchun 4,2 mln dollar ajratdi“ (2023-yil 7-aprel).
  10. „FIFA Toshkent viloyatidagi Do‘stlik stadioni uchun 4,2 mln $ ajratdi“ (2023-yil 8-aprel).
  11. „ЎФА вакиллари Франциядаги машҳур футбол маркази фаолияти билан танишдилар“ (2023-yil 7-iyul).
  12. „Терма жамоалар марказини ташкил этишда Марокаш тажрибаси ўрганилади“ (2023-yil 6-iyul).
  13. „Ўзбекистон U15 терма жамоаси Саудия Арабистони билан ўртоқлик ўйини ўтказди“ (2023-yil 8-avgust).
  14. „Ўзбекистон U-15 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Марокашни мағлуб этди“ (2023-yil 16-noyabr).
  15. „Ўзбекистоннинг 20 ёшли қизлар терма жамоаси Жанубий Кореяга қарши икки бор ўртоқлик учрашуви ўтказади“ (2023-yil 29-noyabr).
  16. „Ўзбекистон U-20 қизлар терма жамоаси Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди“ (2023-yil 30-noyabr).
  17. „Шавкат Мирзиёев: Миллий терма жамоамиз ўйинларини ҳаммамиз ғурур, фахр, ҳаяжон билан кузатамиз“ (2023-yil 2-avgust).
  18. „U-20 Аёллар Осиё кубогига тайёргарлик ишлари давом этмоқда. Ишчи гуруҳ «Дўстлик» стадионини кўздан кечирди“ (2024-yil 15-fevral).
  19. „ОФК ва ЎФА вакиллари U-20 аёллар Осиё кубоги олдидан «Дўстлик» ва «Жар» стадионидаги тайёргарлик жараёнини ўргандилар“ (2024-yil 29-fevral).