Doʻrmontepa
(Do‘rmontepadan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Doʻrmontepa — qad. shahar harobasi (mil. av. 3-asr— 13-asr boshi). Samarqanddan 2 farsax (12-14 km) narida, Pastdargʻom tumanida. Umumiy mayd. 25 ga. Ikki qism — shahriston I (ark bilan birga) va shahriston II dan iborat. Shahriston I ning mayd. 16 ga, shahriston II niki 6 ga boʻlib, ark tarhi 115x110 m ni tashkil etadi. D. Samarqandni Buxoro bilan bogʻlagan Buyuk ipak yoʻlida joylashgan va savdo karvonlari uchun muhim qoʻnimgoh vazifasini oʻtagan. Tarixchi va arxeologlar uni oʻrta asr yozma manbalarida qayd etilgan Xoxsar (Yoqut alHamaviy asarlarida — Al-Xoxasro) deb qisoblashadi. D. 13-asr boshida moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |