Do skoroy vstrechi
„Do skoroy vstrechi“ (ruscha: До скорой встречи, yaʼni „Tez orada koʻrishguncha“) — „Zveri“ rus rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2005-yil yozilgan. Guruhning 2006-yil eʼlon qilingan „Kogda mi vmeste, nikto ne kruche“ studiyaviy albomiga oʻn uchinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq matnini guruh solisti Roman Bilik taganroglik shoir Viktor Bondarev bilan hamkorlikda yozgan, kuyini esa oʻzi mustaqil bastalagan. „Do skoroy vstrechi“ guruh repertuaridagi eng taniqli taronalarning biridir.
„Do skoroy vstrechi“ | ||||
---|---|---|---|---|
„Zveri“ qoʻshigʻi | ||||
„Kogda mi vmeste, nikto ne kruche“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 2006 | |||
Yozib olingan | 2005 | |||
Janr | pop-rok | |||
Davomiyligi | 5:08 | |||
Matn muallif(lar)i |
Roman Bilik Viktor Bondarev | |||
Bastakor(lar) | Roman Bilik | |||
„Kogda mi vmeste, nikto ne kruche“ xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
„Do skoroy vstrechi“ YouTubeda |
„Do skoroy vstrechi“ qoʻshigʻi uchun olingan klip keng ommalashgan. 2014-yilning mayida YouTubega yuklangan klip 2022-yilning sentyabriga qadar 107 million marta koʻrilgan[1]. Klipda Bilik bilan akstira Yuliya Snigir bosh rollarni ijro etishgan. Klip uchun O. Henry yozgan „While the Auto Waits“ (tarjimasi „Avtomobil kutgunicha“) hikoyasi asos boʻlgan[2]. Klip ssenariyini hikoya asosida Bilik hamda guruh asoschisi, prodyuser Aleksandr Voytinskiy yozgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Звери - До скорой встречи“. YouTube (23-may 2014-yil). Qaraldi: 5-sentyabr 2022-yil.
- ↑ „Звери «До скорой встречи»“ (ruscha). Soundtimes. Qaraldi: 5-sentyabr 2022-yil.