Domingo Tejera
Laqabi | Mingo | ||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Tugʻilgan sana va joyi | 1899-yil 27-sentabrda Urugvay,Montevideo | ||||||||||||||||||||||||
Oʻlimi | 1969-yil 30-iyun (69 yosh) Urugvay,Montevideo | ||||||||||||||||||||||||
Fuqaroligi | ![]() | ||||||||||||||||||||||||
Boʻyi | 189 sm | ||||||||||||||||||||||||
Ampulasi | himoyachi | ||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||
Xalqaro medallar | |||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||
Domingo Tejera (ispancha: Domingo Tejera)-urugvaylik futbolchi,himoyachi.1899-yil 27-sentabrda Urugvayning Montevideo shahrida tugʻilgan.Urugvay terma jamoasi futbolchisi.Terma jamoa safida 17 ta oʻyin oʻtkazgan undan 9 tasida sardorlik qilgan.1930-yilda jahon chempioni,1928-yilda Olimpiada oʻyinlari chempioni.1950-yilgi jahon chempioni Eysebio Tejeraning amakisi[1].
Tarjimai holi Tahrirlash
18 yoshida Domingo Tejera „Montevideo Uonderers“ klubining asosiy jamoasida debyut qildi.Futbolchilik faoliyatini ham asosan „Montevideo Uonderers“ klubida o'tkazgan.Jamoa safida 287 ta o'yin o'tkazib 5 bor raqiblar darvozasini ham ishg'ol qilgan.Premer-ligadagi debyut mavsumida Urugvay terma jamoasiga chaqirila boshlandi.1923-yilda u oʻz klubiga mamlakatda ikkita chempionat oʻtkazilgan bir paytda (ikkinchisi Urugvay futbol assotsiatsiaysi shafeligida) Futbol Federatsiyasi (Urugvay futbol federasiyasi) homiyligidagi Urugvay chempioni boʻlishiga yordam berdi.
Xose Nasassi davrida Urugvay terma jamoasining vitse-sardori boʻlgan.
Urugvay terma jamoasi tarkibida u 1930-yilgi jahon chempioni boʻldi, garchi u birinchi oʻyin boshida chap tizzasidan jarohat olib, boshqa maydonga tushmagan boʻlsada[2].
1931-yilda u „Uonderers“ klubiga yana bir bor Urugvay chempioni boʻlishiga yordam berdi.Bu chempionlik shu kungacha klub tarixidagi soʻnggi chempionlik unvonidir.
1932-yilda Tejera Urugvay terma jamoasi va klubi uchun soʻnggi oʻyinini oʻtkazdi.Urugvay terma jamoasida esa 20 ta o'yin o'tkazgan.
Keyinchalik „Montevideo Uonderers“ klubi direktorlar kengashi aʼzosi boʻlib ishlagan.1969-yil 18-iyulda Montevideoda vafot etgan."Montevideo Uonderers" klubi shon-shuhrat zaliga kiritilgan.
Yutuqlari Tahrirlash
- Urugvay chempioni-1923,1931 (FUF)
- Urugvay Ikkinchi divizionida chempion-1919
- Jahon chempioni-1930
- Olimpiada chempioni-1928
- Janubiy Amerika chempioni-1920,1926
- Lipton kubogi sohibi-1922,1928
- Nyuton kubogi gʻolibi-1930
- Rio de la Plata kubogi sohibi-1924
Manbalar Tahrirlash
- ↑ Max Gehringer. A grande história dos mundiais 1930, 1934, 1938. e-galáxia, 2018 — 23 bet. ISBN 8567080479.
- ↑ Dr. Manuel Paredes. „Salón de la fama Nº 03: Domingo Tejera“ (es). Montevideo Wanderers Fútbol Club (19-oktyabr 2009-yil). 20-avgust 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-avgust 2014-yil.
3.Saytdagi futbolchi haqidagi maqola Urugvay futboli haqida[sayt ishlamaydi]