Donnie Darko 2001-yilda omma eʼtiboriga havola etilgan psixologik triller/ilmiy-taxayyuliy filmdir. Ssenariy muallifi va rejissor — Richard Kelly. Filmda vaqt sayohati, taqdir, ekzistensializm, sevgi, qoʻrquv mavzulari koʻtarilgan.

Donnie Darko
Rejissyor(lar) Richard Kelly
Prodyuser(lar) Adam Fields
Nancy Juvonen
Sean McKittrick
Ssenariynavis(lar) Richard Kelly
Rollarda Jake Gyllenhaal
Jena Malone
James Duval
Maggie Gyllenhaal
Mary McDonnell
Holmes Osborne
Katharine Ross
Drew Barrymore
Noah Wyle
Patrick Swayze
Bastakor(lar) Michael Andrews
Kinematografiya Steven B. Poster
Muharrir(lar) Sam Bauer
Eric Strand
Distribyutor Newmarket Films
Chiqarilgan sanasi 26-oktabr, 2001
Davomiyligi 113 daqiqa.
Mamlakat Qoʻshma Shtatlar
Til Inglizcha
Byudjeti $4 500 000

Syujeti

tahrir

Film Donnie Darko ismli oʻspirin haqida hikoya qiladi. Shizofreniyaga duchor va ruhshunos nazoratida boʻlmish Donniening xayoliy doʻsti Frank unga 28 kundan soʻng qiyomat boʻlishini aytadi. Frankning aytganlarini bajarishi oqibatida Donnie qiyomat (aslida vaqt tuynugi ochilishi)ga olib boruvchi voqealar zanjirini boshlab yuboradi.

Rollarda

tahrir

Film baholanishi

tahrir

Donnie Darko 2001-yili Kataloniya kinofestivalida "Eng yaxshi ssenariy" mukofotini olgan. Bosh rolni oʻynagan Jake Gyllenhaal esa Independent Spirit Awards tomonidan "Eng yaxshi erkak aktyor" nomiga loyiq koʻrilgan (2002-yil). 2005-yili Avstraliyaning ABC telekanali oʻtkazgan "Eng yoqtirgan filmim" tanlovida Donnie Darko beshinchi oʻrinni egalladi.[1]

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir