Donxoʻr qoʻngʻizlar (Bruchidae) - oʻsimlikxoʻr qoʻngʻizlar oilasi. 1200 ga yaqin turi bor. Bargxoʻr qoʻngʻizlar oilasiga yaqin turadi. Tanasi uz. 5 mm dan ortiq. Yaxshi uchadi. Tuxumdan endigina chiqqan lichinkalarining uch juft oyogʻi boʻlib, ular keyinchalik yoʻqolib ketadi. Ular, asosan, dukkaklilar uru-gʻida, baʼzan pechakguldoshlar, soyabondoshlar va b. oʻsimliklar urugʻida rivojlanadi. Noʻxat, loviya D.q.lari, xitoy D.q., toʻrt nuqtali D.q. Oʻzbekistonda tashqi karantin obʼyekti hisoblanadi. D.q. oʻsimliklar urugʻi bilan osongina tarqaladi. Bir qancha turi (mas, loviyaxoʻr, noʻxatxoʻr va b.) dukkakli oʻsimliklar urugʻini zararlaydi. D.q. tuxumini dukkaklilar guliga yoki qoʻzogʻiga qoʻyadi, qurtlari qoʻzoq qobigʻini kemirib, urugʻi ichiga kirib oladi. Urugʻ ichida qurtlari barcha rivojlanish davrlarini oʻtaydi (kurash choralari haqida q. Ombor zararkunandalari).

Donxoʻr qoʻngʻizlar
Biologik klassifikatsiya
Olam: OʻsimHayvonlarlik

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil