Dora
Daria Sergeevna Shixanova (1999-yil, 30-noyabr, Saratov), Dora – taxallusi bilan mashhur, rossiyalik qoʻshiqchi, oʻsmirlar pop rokini ijro etadi.
Dora | |
---|---|
Tavalludi |
Daria Sergeevna Shixanova 30-noyabr 1999 |
Janrlar | emo rock[1] va Pop rock[2] |
Fuqaroligi | Rossiya |
Veb-sayt | http://realdora.com/ |
Imzosi | |
Biografiyasi
tahrirBolaligi
tahrirDarya Saratovda tugʻilgan. Bolaligida u estrada musiqasini yaxshi koʻrgan, dastlab radioda eshittiriladigan rus ijrochilarining qoʻshiqlarini tinglagan, ammo keyinchalik chet ellik sanʼatkorlarga ham qiziqib qolgan. Daryaning oʻzi Avril Lavingening „When Youʼre Gone“ va Beyoncening „If I Were a Boy“[3] qoʻshiqlarini sevimli qoʻshiqlari qatoriga kiritgan. Qizning musiqa maktabida oʻqish istagiga qaramay, ota-onasi unni klassik taʼlim olishiga qarshi boʻlgan[4]. Darya klassik gitara saboqlarini olishga harakat qilgan, lekin u darslarni zerikarli va qiziq emas deb hisoblab, oʻz hohishi bilan darslarni tark etgan. Keyinchalik, toʻqqizinchi sinfda u maktabda ijro etish uchun bitta qoʻshiqni mustaqil ravishda oʻrganishga qaror qilgan – bu Imagine Dragonsning „Radioactive“ qoʻshigʻi edi. Muvaffaqiyatli kontsert qizni gitara chalishni davom ettirishga ilhomlantirgan.
Ijodining boshlanishi
tahrirThe Retuses guruhining taʼsirida Darya oʻzining sevimli qoʻshiqlarining kover talqinlarini yozishni boshlagan. Dastlab u The Retuses guruhi rahbari Mixail Rodionov tomonidan ijro etilgan „Shagane“, „Zametalsya pojar goluboy“ qoʻshiqlarini takrorlagan. Daria oʻn besh yoshida, maktabda toʻqqizinchi sinfda oʻqib yurganida, qoʻshiqlarga kover yozishni boshlagan. Olti oy oʻtgach, u birinchi marta oʻz qoʻshigʻini oʻylab topgan va yozgan, lekin bu urinishni u muvaffaqiyatsiz deb hisoblagan – uning ijrosidagi koverlar boshqalarga oʻz ishidan koʻra koʻproq yoqqan[3].
Avvaliga Darya oʻz qoʻshiqlarini iPhone-ga yozib olgan. Keyinchalik unga instrumental qismlar va aranjirovkalarni yozishda yordam bergan bitmeyker bilan uchrashgan. Shu tarzda yozilgan birinchi qoʻshiqlardan biri Leonid Fyodorovning „Tayal“ qoʻshigʻidir. Xonanda beat joʻrligida qoʻshiq kuylashni yaxshi koʻrardi va u hamkorlikni davom ettirishga qaror qilgan. Keyinchalik ular Daryaning oʻz qoʻshiqlarini yozishni boshladilar, ularning baʼzilari uning debyut albomida yakunlangan. Oʻsha paytda Darya „Mental Affection“ laqabi bilan chiqish qilgan va gʻamgin qoʻshiqlar yozgan. Ulardan biri – „Relaps“ deb nomlangan – ota-onasi bilan muammolarga duch kelgan va oʻz joniga qasd qilish fikriga ega boʻlgan tanishining matniga asoslangan; Darya keyinchalik bu qoʻshiqdan uyalganini tan olgan. Ijrochi avtotyuningni ham kashf etgan va uni oʻz kompozitsiyalarida qoʻllashni boshlagan, ulardan birinchisi Darya haqiqiy ijodiy yutuq deb hisoblagan „Ne rugayus matom“ nomli qoʻshigʻi edi.[3]
Debyut albomi
tahrirIjrochining debyut mini-albomi „Ya ne Kommertsiya“ deb nomlangan va 2019-yilda ommaga namoyish etilan. Oʻsha paytga kelib Darya muxlislar uchun eslab qolish qiyin boʻlgan „Mental Affection“ taxallusidan voz kechgan va „Dora“ nomi bilan chiqishni boshlagan, chunki onasi Daryani shunday chaqirardi.[4] Bir hafta ichida ijtimoiy tarmoqlarda Daryaga obuna boʻlgan foydalanuvchilar soni ikki baravar oshgan. Obunachilar soni 40-50 mingga yetganida, Darya toʻliq albom chiqarish haqida oʻylay boshlagan. U „Frendzona“ guruhidan reper Vladimir Galat bilan uchrashgan va ular birgalikda „Doradura“ qoʻshigʻini va bir nechta kompozitsiyalarni yaratganlar. Aytgancha, „Doradura“ treki uning debyut albomida noldan yaratilgan yagona trek edi. Natijada bu qoʻshiqlar Galatning betmekykerlik va mikschilik bilan shugʻullangan tanishlari koʻmagida yozilgan „Mladshaya sestra“ albomiga kiritilgan. Mualliflarning shubhalariga qaramay, „Doradura“ haqiqiy xitga aylangan. Daryaning oʻzi mashhurlikning oʻsishidan ajablanmagan, chunki u oʻzining muvaffaqiyatini ilgari xuddi shunday tarzda mashxurlikka erishgan Grechka va Monetochkaning ishiga tenglashtirib, bir necha yil davomida maqsadli ravishda bu tomon yurgan.
Diskografiyasi
tahrirStudiya albomlari
tahrir- 2019 – „Mladshaya sestra“
- 2020 – „Boje xrani kyut-rok“
- 2022 – Miss
Video kliplari
tahrirManbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Владимир Завьялов. „От школьного зала до «Вечернего Урганта». Как Дора стала звездой женского гитарного попа?“ (ru). Афиша (2020-yil 29-aprel). 2021-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-noyabr.
- ↑ 4,0 4,1 „Вписка и Дора — “Дорадура”, как ей помог Галат, копировала ли Земфиру, травля в школе“ (2020-yil 18-yanvar). 2021-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-noyabr.
Video kliplar