Doriylar — Yunonistonning toʻrt asosiy qabilalaridan biri. Mil. av. 12-asrda Shim. va Oʻrta Yunonistondan Peloponnesning jan.-gʻarbiga (Argolida, Messeniya, Lakoniya), keyinchalik Rodos, Krit, Kos o.lari va Kichik Osiyo (Knid) hamda Jan. Italiya, Sitsiliyaning turli joylariga borib oʻrnashganlar. D. dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan. Peloponnesda D. hukmron elat boʻlgan, i. ch.da qullar mehnatidan foydalanilgan, davlat vujudga kelgan. D. boshqa yunon qabilalaridan oʻzining harbiy intizomi, barqaror urugʻchilik urf-odatlari, magʻrurliklari va oddiy hayot tarzi bilan ajralib turgan. Bular Sparta aqli uchun xos boʻlgan. D. shevasi adabiy til hisoblangan. Madaniyat sohasida D. boshqa yunon qabilalaridan, ayniqsa ioniyaliklardan ancha ortda qolganlar. D. yashagan hududlarda yirik quldorlik davlatlari vujudga kelgan.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil