Dovud Rastagʻfariy (arabcha: داوود رستغفري – Dovud ibn Amr Rastagʻfariy Ishtixoniy) – roviy.

Dovud Rastag'fariy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi roviy

Mashhur arab tarixchisi Abdulkarim Samʼoniyning „Ansob“ kitobida shunday keltirilgan: "Samarqandning taniqli roviylaridan biri Dovud Rastagʻfariydir.

Faoliyati

tahrir

Najmiddin Umar Nasafiyning „Kitob al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand“ kitobida keltirilishicha, Dovud Rastagʻfariy avval Nasafda qozilik qilgan. Soʻng, Abu Saʼiyd Abdurahmon ibn Saad ibn Abu Vaqqos Zuhriy Naysoburiy Boluviydan keyin Ishtixonda ham bir necha yil qozilik qilgan.

Ustozi

tahrir

U hadis ilmi sir-asrorlarini Ahmad ibn Hishom Ishtixoniydan oʻrgangan va hadis rivoyat qilgan.

Shogirdi

tahrir

Dovud Rastagʻfariydan Muhammad ibn Ibrohim Hamadvayh Ishtixoniy hadis rivoyat qilgan"[1].

Vafoti

tahrir

U 985 yili Ishtixonda vafot etgan. Vasiyatiga koʻra uning jasadi Xartang qishlogʻiga olib kelinib, muhaddis Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (810-870)ning qabri yoniga dafn etilgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. Abdulkarim Samʼoniy. Ansob. J. 6. – Bayrut, 1998. 126.
  2. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. – Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. – B. 500.