Dovud yulduzi
Dovud yulduzi (ivritcha: מָגֵן דָּוִד) — yahudiylik dinining umumeʼtirof etilgan ramzidir[1]. Uning shakli geksagram (ikkita teng tomonli uchburchakning birlashgan koʻrinishi) ga oʻxshaydi.
Dovud yulduzidan dastlab musulmonlar va yahudiylar dekorativ va mistik maqsadlarda foydalanilgan. Dovud yulduzining yahudiylar ramzi sifatida qoʻllanila boshlashi XVII asrda Pragaga toʻgʻri keladi[2]. XIX asrda yulduz Sharqiy Yevropaning yahudiy jamoalari orasida keng qoʻllanila boshlandi[2][3]. 1897-yilda Shveytsariyaning Bazel shahrida oʻtkazilgan birinchi sionistlar kongressida yahudiylarning milliy bayrogʻi uchun belgi sifatida tanlanganidan keyin Dovud yulduzi sionizmning ramziga aylandi[4]. Birinchi jahon urushining oxiriga kelib, u yahudiy xalqi uchun xalqaro miqyosda qabul qilingan ramzga aylandi va halok boʻlgan yahudiy askarlarining qabr toshlarida qoʻllanila boshlandi[5].
Hozirda davlat ramzi sifatida Isroil davlat bayrogʻida ishlatilmoqda.
Tarixiy ildizlari
tahrirMenoradan farqli oʻlaroq[2], Yahudo sheri, shofar, lulav, geksagram dastlab yahudiylarning yagona ramzi emas edi[6]. Geksagram tabiiy ravishda oddiy geometrik konstruksiya boʻlib, insoniyat tarixi davomida faqat diniy boʻlmagan turli naqshlarda ishlatilgan. U IV asrdagi sinagogalarda ham, Galileya hududidagi xristian cherkovlarida ham dekorativ naqsh sifatida paydo boʻlgan[7][8].
Gershom Skolemning yozishicha, „Sulaymon muhri“ atamasi yahudiylar tomonidan islom adabiyotidan qabul qilingan, ammo u „Dovud qalqoni“ atamasi islom yoki yahudiy tasavvufida paydo boʻlganligini aniq taʼkidlay olmagan[2].
Yahudiylar gerbi sifatida foydalanilishi
tahrirDovud yulduzi XVII asrga kelib, Chexiya poytaxti Pragada yahudiy jamoalarining gerbiga aylandi hamda shu shahardan butun Sharqiy Yevropaga tarqala boshladi[2].
XIX asrda yulduz yevropalik yahudiylar tomonidan yahudiy dinini yoki uning oʻziga xosligini ifodalash uchun ramz sifatida qabul qilindi[2][9]. Bu ramz 1897-yilda Bazelda boʻlib oʻtgan Birinchi Sionistlar Kongressida sionizm bayrogʻida markaziy belgi sifatida tanlanganidan soʻng, baʼzi yahudiy jamoalarida qoʻllanilganligi va oʻziga xos diniy maʼnolarga ega boʻlmaganligi sababli butun dunyo sionistlar hamjamiyatining ramzi boʻldi[3][8]. Birinchi jahon urushida halok boʻlgan yahudiy askarlarining qabr toshlarida qoʻllanila boshlanganidan keyin u faqat yahudiylarning ramziga aylandi[5].
Xolokost vaqtida Dovud yulduzining ishlatilishi
tahrirDovud yulduzidan natsistlar Xolokost paytida yahudiylarni aniqlash uchun foydalangan. 1939-yilda Germaniya Polshaga bostirib kirgandan soʻng, dastlab yahudiylarni oʻziga xos belgilar taqishga majburlovchi turli xil mahalliy qarorlar mavjud edi (masalan, Bosh hukumatda Dovudning koʻk yulduzi tasvirlangan oq tasma taqish). Agar yahudiy jamoat oldida yulduzsiz topilsa, u qattiq jazolanishi mumkin edi. „Yahudiy“ soʻzi bilan Dovud yulduzini taqish talabi Uchinchi Reyx, Bogemiya va Moraviya protektoratlarida olti yoshdan oshgan barcha yahudiylarga (1941-yil 1-sentabrda chiqarilgan va Reynxard Geydrich tomonidan imzolangan farmon bilan)[10] tatbiq etildi. 1944-yilda Normandiyada ikkinchi front ochilgach, AQSh armiyasi tarkibidagi yahudiylar Dovud yulduzini antisemitizmga qarshi taqib yurishgan[11].
Hozirda foydalanilishi
tahrirIkki gorizontal koʻk chiziq orasidagi oq fonda koʻk Dovud yulduzi tasvirlangan Isroil bayrogʻi 1948-yil 28-oktabrda, mamlakat tashkil etilganidan besh oy oʻtib qabul qilingan. Bayroq dizaynining kelib chiqishi 1897-yildagi Birinchi Sionistik Kongressdan boshlanadi.
Manbalar
tahrir- ↑ Jacob Newman. Judaism A–Z. World Zionist Organization, 1980 — 116-bet.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Berlin, ed. (2011). p. 463.
- ↑ 3,0 3,1 "The Flag and the Emblem" (MFA).
- ↑ "The Flag and the Emblem" (MFA). „The Star of David became the emblem of Zionist Jews everywhere. Non-Jews regarded it as representing not only the Zionist current in Judaism, but Jewry as a whole.“
- ↑ 5,0 5,1 Reuveni (2017). p. 43.
- ↑ "The Flag and the Emblem" (MFA). „Unlike the menora (candelabrum), the Lion of Judah, the shofar (ram’s horn) and the lulav (palm frond), the Star of David was never a uniquely Jewish symbol.“
- ↑ „King Solomon's Seal“. www.mfa.gov.il. Qaraldi: 2021-yil 12-dekabr.
- ↑ 8,0 8,1 Scholem 1949.
- ↑ "The Flag and the Emblem" (MFA). „According to Scholem, the motive for the widespread use of the Star of David was a wish to imitate Christianity. During the Emancipation, Jews needed a symbol of Judaism parallel to the cross, the universal symbol of Christianity.“
- ↑ „Polizeiverordnung über die Kennzeichnung der Juden [Police Regulation on the identification of Jews“] (de). Verfassungen.de (1-sentabr 1941-yil). — „Der Judenstern besteht aus einem handtellergroßen, schwarz ausgezogenen Sechsstern aus gelbem Stoff mit der schwarzen Aufschrift 'Jude'. Er [sic] ist sichtbar auf der linken Brustseite des Kleidungsstücks fest aufgenäht zu tragen. [Translation: The Jews' star consists of a palm-sized, black solid six-pointed star made of yellow fabric with a black inscription [which says] 'Jew'. [It must be] visibly and firmly sewn on the left chest of the garment.]“. 22-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-mart 2015-yil. (This policy came into full force as of September 19, 1941)
- ↑ „Omaha the Hard Way: Conversation with Hal Baumgarten“. Historynet.com. February 15, 2017. Retrieved July 8, 2019.