Doza
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Doza (qadimgi yunoncha: δόσις – porsiya, boʻlak, ulush; berish) – 1) tibbiyotda – dori (preparat) ning muayyan miqdori. Dozani vrach bemorning yoshiga, organizmning individual xususiyatlariga, shuningdek, kasallikning xiliga va kanday oʻtayotganiga qarab aniqlaydi. Doza dorini organizmga kiritish usuliga ham bogʻliq. Bir mahal ichishga moʻljallangani gallik doza, bir kecha-kunduzga moʻljallangani sutkalik doza deb ataladi. Gallik va sutkalik doza farmakopeya tomonidan belgilab qoʻyilgan. Lekin baʼzan ogʻir kasalliklar (masalan, yuqumli kasalliklar) ning rivojlanishini tez toʻxtatish uchun vrach dorini gallik dozadan ortiq (zarb) dozada buyurishi ham mumkin. Suyuq dorilar dozasi qoshiq (osh qoshiq – 15 ml, desert qoshiq – 7,5 ml, choy qoshiq – 5 ml) va tomchilar hisobida, quruq dorilar gramm hisobida koʻrsatiladi. Gormonlar, vitaminlar, antibiotiklar va ayrim boshqa dorilar uchun maʼlum taʼsir birlik (TB) qabul qilingan; 2) fizikada ionlovchi nurlanish dozasi – moddaning massa birligiga uzatish uchun moʻljallangan ionlovchi nurlanish (u- va rentgen nurlar, elektronlar, protonlar, neytronlar, a-zarralar va hokazo) energiyasi. Moddaning massa birligi tomonidan yutilgan energiya yutilish dozasi deyiladi. Xalqaro birliklar tizimi SI da yutilish dozasi J/kg da; tizimga kirmagan birligi rad (1 rad = Yu-2 J/kg)da oʻlchanadi. u- va rentgen nurlanishning ionlash harakteristikasiga ekspozitsion doza deyiladi. Bunday doza havoning massa birligida hosil boʻlgan bir xil ishorali elektr zaryadlari soni bilan aniklanadi. Ekspozitsion dozaning SI dagi birligi Kl/kg va tizimga kirmagan birligi rentgen. Nurlanish doza si organizmga zararli taʼsir etadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |