Bayroq

qarashlilikni ifodalovchi, ramziy belgili mato
(Drapeldan yoʻnaltirildi)

Bayroq — bir mamlakatni yoki tashkilotni namoyish qiluvchi rangli mato parchasi. Asosan, uzun choʻpning uchida boʻladi. Har bir mamlakatning mustaqilligini bildirgan bayrogʻi bor.

Daniya bayrogʻi hozirgi davlatlar bayroqlari ichida eng qadimgisidir

Bayroq:

  1. Tayoq, sim va boshqa narsaga mahkamlangan muayyan rang va oʻlchamdagi mato. Oʻrta asrlarda turkiy xalqlar orasida u tugʻa deb atalgan. Oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropa shaharlarida tabaqa, uyushma va korxona oʻz bayrogʻiga ega boʻlgan;
  2. Davlatning rasmiy ramzi (qarang: Davlat bayrogʻi)[1].
2015-yilga koʻra davlatlar bayrogʻi (mamlakat hududi ustida tushirilgan)

Bayroq soʻzi „botroq“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, botirmoq maʼnosida keladi.[manba kerak] Qadimgi turklar tuproqqa botirilgan tirgovichlarning uchiga qabilalarinngi ramzi sifatida matolar yoki iplar osar edilar. Vaqt oʻtishi bilan bu „ Tuproqqa botirilgan yogʻoch“ „toʻlqinlangan davlat ramzi“ga aylanadi.

Avval bayroqlar faqatgina xabarlashish, signal berish kabi maqsadlarda ishlatilgan. Mamlakatlar oʻz bayroqlariga ega boʻlishlari esa, Oʻrta asrlarda urushlarda ikki taraf bir-biridan farqlanmoq uchun bayroq ishlatilgan. Shunday qilib har bir mamlakatning oʻz bayrogʻi paydo boʻla boshlagan.

Xristofor Kolumb davrida har bir kema qaysi mamlakatga mansub ekanligini bildirish uchun oʻzlari bilan bayroq olib yurishlari majburiy edi. Buning natijasida hozirgi kunimizdagi bayroq sistemasi yaralgan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil