Duldulatlagan – Amudaryo havzasidan 2056 km uzoqlikda va janubiy Xorazm hududidagi Tuya-Moʻyin darasidan bir oz balandroqda joylashgan, hududdagi qattiq togʻ jinslaridan tashkil topgan, shu hududga xos boʻlgan dara, tepalik[1]. Daraning uzunligi 1 km boʻlib, ushbu dara chegarasida 358 metrgacha boʻlgan masofada Amudaryo kanali bilan kesishadigan joyga ega[2].

Duldulatlagan
tepalik
Mamlakat O'zbekiston
viloyat Xorazm

Dara xorazmliklar orasida juda mashhur boʻlib, bir qancha nomlarga ega:

Duldulatlagan (Aliya ibn Abu Tolibning jangovar oti Duldul sakrab oʻtgan joy) sifatida mashhur va bu haqida koʻplab asarlarga bitilgan.

11-asrda tilga olingan „Dahan-i-Sher“ (arabcha: sherning ogʻzi) va Beruniy arab tilidan tarjima qilgan „Famm al-Assad“ (arabcha: فم الاسد) kabi asarlarda ushbu dara nomini ishlatishgan[3].

Bu nom Xorazm aholisi orasida „Dona-Sher“ tarzida ham keng tarqalgan.

Beruniy bu daraning uchinchi nomini „Sekr esh-Shaytan“ (arabcha: ساکر الشیطان‎) – „shaytonning toʻgʻoni“ deb oʻz tarjima asarida keltirib oʻtgan[3]. Uni Beruniy, xuddi oldingi kabi, arabcha tarjimada bergan va shuning uchun uning mahalliy mashhur nomini qayta tiklash qiyin. Bizningcha, „Sekr esh-shaytan“ soʻzining maʼnosi „Jigarband“ nomi bilan, yaʼni Jigar toʻgʻoni bilan bogʻliqdek tuyuladi. Oxirgi soʻz xalq etimologiyasida „jigar“ (majoziy maʼnoda – ona, ruh va hkz) deb talqin qilinadi. Biroq ushbu dara nomining asl maʼnosi koʻplab asarlarda ifodalanganligiga qaramay hozirgacha noaniq qolmoqda[4].

Hozirda 390 metrlik osma koʻprik daradan, Buxoro – Ural gaz quvuri kesishmasidan oʻtkazilgan boʻlib, unda avtotransport yukini koʻtarish imkoniyati yaratilgan.[5].

Manbalar tahrir

  1. Георгиевский Б. М.. Южный Хорезм, Ташкент, 1937. 
  2. Масальский В. И. „Туркестанский край“,. Россия. Полное географическое описание нашего отечества., СПб, 1913 — 117 bet. 
  3. 3,0 3,1 Biruni, VDI, 1941, № 1, str. 193
  4. Гулямов Я.. История орошения Хорезма, Ташкент, 1957. 
  5. „Газопровод Бухара-Урал“. 2019-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.