Dunkineely
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Dunkineely (irlandcha soʻz boʻlib, Dún Cionnaola, yaʼniy „Kinealy qal’asi“ degan maʼnoni anglatadi)[2] – Irlandiyaning Donegal okrugidagi kichik qishloq va shaharchalardan biri hisoblanadi. Dunkineely Donegal shahridan 11 milya (18 km), Killybegsdan esa 6 milya (10 km) uzoqlikda boʻlib, milliy ikkinchi darajali № 56 yoʻlida joylashgan. Bu qishloq kichik bir koʻchadan tashkil topgan. Uning yon atrofida taxminan 300 ga yaqin aholi yashaydi. Dunkineely qishloqning chetidagi Donegal koʻrfazigacha yetti mil uzoqlikda boʻlib, yarim orollardan biri St John Pointning tepasida joylashgan.
Dunkineely Dún Cionnaola | |
---|---|
Qishloq | |
54°38′10.0″N 8°26′39.8″W / 54.636111°N 8.444389°W | |
Mamlakat | Irlandiya |
Aholisi (2016[1]) |
361 |
Vaqt mintaqasi | UTC+0, yozda UTC+1 |
Telefon kodi | 074, +000 353 74 |
|
Dunkineely dengiz sathidan taxminan 150 m (500 ft) yuqorida joylashgan. U Killaghtee cherkovidagi ikkita qishloqlardan eng kattasi hisoblanadi. Ulardan ikkinchisi Bruckless boʻlib, hozirda u yerda Rim-katolik cherkovi joylashgan. Brucklessning yaqin atrofida qadimgi Killaghtee cherkovi bor. Qadimgi Killaghtee qabristonida Irlandiyaning eng qadimgi kelt xochlaridan biri boʻlgan Killaghtee xochi mavjud.
U yerning aholisi Rim-katolik va protestant (Irlandiya metodisti va cherkovi) aralashmasidan tashkil topgan. Ushbu hudud aholisi mavsumiy baliq ovlash va aralash qishloq xoʻjaligi, shuningdek, yaqin atrofdagi Killybegs va Donegal shaharlarida xizmat koʻrsatish va yengil sanoat bandligi bilan shugʻullanadi.
Imkoniyatlari
tahrirQishloqda 2 ta mahalliy sanoat mavjud boʻlib, ular baliqni qayta ishlash zavodi va arxitektura dizayni fabrikalaridir. Shu bilan birga, u yerda doʻkon, kafe, avtosalon, baliq ovlash doʻkoni, sartaroshxona, 3 ta bar (Mac’s Bar, Mac Laughlinʼs Bar, McIntyreʼs Bar), radio aloqa doʻkoni va arzon turar joy yotoqxonasi bor. Hududda bir nechta B&Blar ham mavjud. McIntyreʼs bari hafta davomida Irlandiyaning anʼanaviy musiqa seansiga mezbonlik qiladi. Shuningdek, u yerda Milliy maktab, Jamoatchilik markazi, GAA maydonchasi va futbol maydonchasi ham mavjud.
Sporti
tahrirMahalliy Gal atletika assotsiatsiyasi klubi Naomh Ultan deb nomlangan. Mahalliy futbol jamoasi – Dunkineely Celtic.
Transporti
tahrirDunkineely temir yoʻl stantsiyasi 1893-yili 18-avgust kuni ochilgan boʻlib, 1960-yil 1-yanvargacha xizmat koʻrsatgan[3]. Dunkineely Donegal shahari va Killybegs oʻrtasidagi asosiy № 56 yoʻlida joylashgan. Ushbu yoʻnalishda muntazam ravishda avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.
Festival
tahrirShaharda har yili yozning iyul yoki avgust oylarida koʻcha festivali oʻtkazilib boriladi. Festival davomida 3 kunlik dam olish eʼlon qilinib, shahar boʻylab paradlar, pab viktorinalari, sport musobaqalari, klassik avtomobillar koʻrgazmasi, gʻildirakli axlat poygalari, qazuvchi va traktor haydash musobaqalari ham oʻtkazilib boriladi.
Taniqli odamlari
tahrir- Brian Goold-Verschoyle (1912-1942) – Sovet Ittifoqining josusi va Iosif Stalin Gulagning qurboni.
- Joseph Brennan (1912-1980) – sobiq TD va Ceann Comhairle
Yana qarang
tahrir- Irlandiyadagi aholi punktlari roʻyxati
Manbalar
tahrir- ↑ „Census 2016 Sapmap Area: Settlements Dunkineely“. Central Statistics Office (Ireland). Qaraldi: 2018-yil 4-iyun.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Dún Cionnaola/Dunkineely“. Placenames Database of Ireland (logainm.ie). Qaraldi: 2022-yil 17-aprel.
- ↑ „Dunkineely station“ (PDF). Railscot - Irish Railways. Qaraldi: 2007-yil 5-sentyabr.
Havolalar
tahrir- Dunkinee town sahifasi (Wayback Machine saytida 2012-03-02 sanasida arxivlangan)