Dunyo sadolari festivali – Andijon viloyatining Xonobod shahrida 2023-yilning iyun oyidan boshlab har ikki yilda bir marta oʻtkazilib kelinayotgan xalqaro milliy estrada sanʼati festivali[1][2].

Dunyo sadolari
Soha Festival
Oʻtkazilgan joyi Andijon viloyati, Xonobod shahri
Boshlanish sanasi 2023-yil iyun
Davomiyligi Har ikki yilda bir martta

Tarixi

tahrir

Bu festival prezidentning 2019-yil 17-may kuni Andijon viloyatiga tashrifi mobaynida turizmni rivojlantirishga doir loyihalar taqdimoti doirasida Xonobod shahrida milliy estrada ijrochiligi boʻyicha xalqaro festival oʻtkazish taklifi asosida tashkil etilgan[3].

2023-yil iyun oyida Xonobod shahrida boʻlib oʻtgan Dunyo sadolari festivalida dunyoning 86 mamlakatidan milliy estrada xonandalari ishtirok etgan[4].

2024-yil 29-31-iyul kunlari Andijon viloyatining Xonobod shahrida „Dunyo sadolari II“ xalqaro milliy estrada sanʼati festivali boʻlib oʻtgan. Festivalda Oʻzbekiston va dunyo estradasi yulduzlari, xususan, Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Usmonova, Rayhon G‘aniyeva, Hamdam Sobirov, qozog‘istonlik Jah Khalib, Jony, dunyoga mashhur ruminiyalik xonanda Inna ham ishtirok etgan[5][6][7]. Festivalga respublika va mahaliy budjet hisobidan jami 6 milliard soʻm mablagʻ sarflangan[8][9].

Manbalar

tahrir