Dupleks aloqa (lotincha: duplex — ikki tomonlama, qoʻsh) — ikki tomonlama elektr aloqa usuli; bunda xabarlarni bir vaqtning oʻzida ham uzatish, ham qabul qilish mumkin. D. a. punktlarining har birida uzatuvchi va qabul qiluvchi ikki apparat yoki uzatish va qabul qilish zanjirlari bir-biridan ajratilgan bitta apparat boʻladi (qarang Simpleks aloqa).

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil