Dusheti munitsipaliteti
Dusheti munitsipaliteti (gruzincha: დუშეთის მუნიციპალიტეტი მუნიციპალიტეტი — Gruziyaning Mtsxeta-Mtianeti mintaqasida joylashgan munisipalitetdir. Gruziyaning shimoli-sharqida, Mtiuleti, Pshavi, Xevsureti tarixiy hududlari hududida va Ichki Kartli sharqida joylashgan. Maʼmuriy markazi — Dusheti.
| |||
Maʼmuriy markazi | Dusheti | ||
---|---|---|---|
Rasmiy tili | gruzin tili | ||
Aholi (2018) | 26 128 | ||
Millatlar tarkibi | gruzinlar 97,22 %, osetinlar 2,37 % | ||
Dinlar tarkibi | pravoslavlar 98,67 % | ||
Maydoni | 2982 km² (2-oʻrin) | ||
Qisqacha | GE.MM.DU | ||
Kod ISO 3166-2 | 16 | ||
Indeks FIPS | GG19 | ||
Xaritada | |||
42°5′5″N 44°41′45″E / 42.08472°N 44.69583°E |
Tarixi
tahrirDavati stelasi IV asrga oid tosh barelyef boʻlib, Davati qishlogʻi, Korogo cherkovi (X-XI asrlarda qurilgan) dan topilgan.
Dusheti tumani 1929-yilda Tiflis okrugi tarkibida tuzilgan, 1930-yildan Gruziya SSRga bevosita boʻysungan. 1951—1953-yillarda Tbilisi viloyati tarkibiga kirgan.
Aholisi
tahrir2018-yil 1-yanvar holatiga koʻra, munitsipalitet aholisi 26 128 kishini, 2014-yil 1-yanvar holatiga koʻra — 33,6 ming kishi tashkil etgan[1].
2002-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, tuman (munitsipalitet) aholisi 33636 kishini tashkil qilgan. 2008-yil 1-yanvar holatiga koʻra — 33,1 ming, 2010-yil 1-yanvar holatiga — 33,8 ming aholiga ega.
|
|
Munitsipalitet aholisining koʻpchiligi gruzinlar (pshavlar, mtiullar, xevsurlar, kartlilar) — 95,8%.
Munitsipalitetning eng yirik milliy ozchiligi — osetinlarning asosiy qismi munitsipalitetning janubida joylashgan. 2002-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, osetinlar munitsipalitetning 16 qishlogʻida, shu jumladan eng janubdagi 12 qishloqda (Axali-Kadueti, Zemo-Kodistskaro, Kvemo-Kodistskaro, Zemo-Shuaxevi, Kvemo-Shuaxevi, Sixevdavi, shuningdek, janubi-sharq — Dzveli-Sakramulo, Axali-Osebi va janubi-gʻarb — Sitsamura, Chashada) va shuningdek yana — Dusheti shahrining gʻarbida — 4 qishloqda (Chontili, Arboeti, Axali-Burguli, Txilovani) koʻpchilikni tashkil qilgan. 2002-yilga kelib esa 17 ta qishloqdan insonlar koʻchib ketishgan[2].
Maʼmuriy boʻlinishi
tahrirMunitsipalitet hududi 18 ta sakrebulaga boʻlingan:
- 1 shahar (kalakis) sakrebulo:
- 2 aholi punkti (dabis) sakrebulo:
- 15 kommunal (temis) sakrebulo:
- 0 qishloq (soplis) sakrebulo:
Manbalar
tahrir- ↑ „Численность населения краёв и муниципалитетов Грузии на начало года в 2006—2016 гг.“. Национальная статистическая служба Грузии. 2014-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30 апреля 2016.(ingl.)
- ↑ (gruz.) — S. 122—131
Havolalar
tahrir- Districts of Georgia, Statoids.com