Duyak (fors— ikki-bir) — qadimiy nogʻora-doira usullaridan. Doirai duyak deb ham ataladi. Ikki kiska va bir uzun boʻgʻinli "baka-bum" usuliga muvofiq keladi. Bu usul tuzilishining oddiyligi, koʻtarinki, shodiyona kayfiyat uygʻotishi bilan taʼriflanadi. Shu sababli nogʻora bazmlari qadimdan duyak usuli bilan boshlangan. Xalq qoʻshiqlarining joʻrlik usuli sifatida ham keng qoʻllanadi, maqomlarda saraxbor usuliga yaqin.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil