Vera Illarionovna Duyunova (1945.11.4, Krasnodar – 2012.2.3, Toshkent) – voleybolchi, ikki karra olimpiada chempioni. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi (1995), xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1968). ToshDU jurnalistika fakultetini tugatgan (1975). 1965—78 yillarda „Avtomobilist“ (Toshkent) voleybol jamoasi hamda Oʻzbekiston voleybol terma jamoasi oʻyinchisi. Olimpiada oʻyinlarida 2 marta oltin medal bilan taqdirlangan (1968, Mexiko; 1972, Myunxen). Jahon chempioni (1970, Bolgariya), Jahon kubogining (Urugvay) va Butunjahon universiadasining gʻolibi (Moskva, 1973). Jahon birinchiligining kumush medal sovrindori (Meksika, 1974). 1982 y.dan Toshkentdagi 6-bolalar va oʻsmirlar olimpiya oʻrinbosarlari sport maktabi direktori. I darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni bilan mukofotlangan (1997).

Vera Duyunova
Tavalludi 4-noyabr 1945-yil
Vafoti 2-mart 2012-yil(2012-03-02)
(66 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi SSSR
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

Vera Krasnodarda voleybol oʻynashni boshlagan. Vera 1964-yilgacha „Dinamo“ (Krasnodar), 1965—1975 – "Spartak" / „Avtomobilist“ (Toshkent) jamoalarda oʻynagan.

U 1968—1974 yillarda SSSR terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan. Unda:

  • Ikki karra Olimpiya chempioni – 1968 va 1972;
  • jahon chempioni 1970;
    • 1974-yilgi jahon chempionatining kumush medali sovrindori;
  • 1973-yilda birinchi jahon chempionati gʻolibi.

SSSR talabalar jamoasi tarkibida 1973-yilgi Jahon Universiadasi chempioni.

1970-yillarning oxiridan boshlab u SSSR yoshlar terma jamoasining katta murabbiyi boʻlib ishlagan. 1982-yildan Toshkent sport va oʻsmirlar sport maktabi direktori. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelgan. 2012-yil 2-martda Toshkentda vafot etgan va Botkin qabristoniga dafn qilingan[1].

Mukofotlar va unvonlar

tahrir

Manbalar

tahrir

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir