ESET NOD32
ESET Nod32 - bu Slovakiya kompaniyasi bo'lib, ESET tomonidan ishlab chiqarilgan antivirus to'plami hisoblanadi. Birinchi versiya 1987-yil oxirida chiqarilgan[1]. Bu nom dastlab "Nemocnica na Okraji Disku" ("Disk chetidagi kasalxona", Chexoslovakiyada o'sha vaqtda mashhur bo'lgan "Shahar chetidagi kasalxona" nomibilan bog'liq parafraz) degan ma'noni anglatadi.
Eset Nod32 | |
Muallif | ESET |
---|---|
tashkil topdi: | 1987 |
So‘nggi versiyasi | |
Operatsion tizim | O'zaro platforma dasturiy ta'minot |
Platforma | Antivirus dasturi |
Format(lar)i | NOD32 module va NOD32 Antivirus Update file |
Status | Faol rivojlanishda |
Litsenziya | shaxsiy mulk |
Vebsayt: | eset.com |
ESET Nod32 real vaqtda himoya qilish uchun keng qamrovli antivirus yechimidir. ESET Nod32 kompyuterlarni viruslardan hamda boshqa tahdidlardan, jumladan troyanlardan[2], qurtlar, josuslik dasturlari, reklama dasturlari, fishing hujumlaridan himoya qiladi. ESET Nod32 zararli kodlar uchun ishlayotgan dasturlarni tahlil qilish orqali real rejimda yangi paydo boʻlayotgan tahdidlarni aniqlash uchun moʻljallangan patentlangan ThreatSense texnologiyasidan foydalanib, bu zararli dastur mualliflari harakatlarining oldini olishga imkon beradi va viruslarni yo'q qiladi.
Ma'lumotlar bazasini yangilashda bir qator qo'shimcha oyna serverlaridan foydalaniladi, shu bilan birga, ichki yangilash oynasini yaratsa bo'ladi, bu esa Internet-kanalidagi yukning pasayishiga olib keluvchi omil. Rasmiy serverlardan yangilanishlarni olish uchun foydalanuvchi nomi va parol talab qilinadi, ularni mintaqaviy saytning ro'yxatdan o'tish sahifasida mahsulot raqamini faollashtirish orqali olish mumkin.
Fishing himoyasi
Antivirus kodlarining aksariyati assembler tilida yozilgan bo'lib[3], shu sabbali, ushbu tizim resurslardan kam foydalanadi[4][5] va standart sozlamalar bilan yuqori skanerlash tezligi bilan tavsiflanadi.
ESET Smart Security 5 formati uchun Puppetworks Animation Studio va Mark BBDO Bratislava maskot xarakterini yaratgan[6].
Versiyalarning tarkibi
tahrirVersiyalarning tarkibi 2. x va 3. X
tahrir- Antivirus monitori (AMON)
Fayllarga kirishda ularni avtomatik skanerlaydigan rezident skaner.
- NOD32
Ayrim fayllarni yoki disk bo'limlarini skanerlash uchun qo'lda ishga tushirilishi mumkin bo'lgan talabdagi skaner. Ushbu modul, shuningdek, reja yordamida dastur ishlamagan vaqtlarda ham uni ishlatish mumkin.
- Internet MONITOR (IMON)
Winsock darajasida foydalansa bo'ladigan va virusli fayllarning kompyuter disklariga tushishini oldini oladigan rezident skaner. Ushbu modul HTTP trafigini va POP3 protokoli orqali qabul qilingan kiruvchi xatlarni tekshiradi hamda qabul qiladi. Bu modul 2-versiyada, ba'zi Windows Server xizmatlari va ba'zi xavfsizlik choralariga (masalan, Kerio WinRoute) zid keladi. Dasturni o'rnatish vaqtida esa tizim yuzaga kelishi mumkin bo'lgan nizolar uchun tekshiriladi va agar ziddiyatli holatlar bo'lsa, komponentni o'chirib qo'yishni taklif qiluvchi xabar ko'rsatiladi.
- E-mail MONitor (EMON)
MAPI interfeysi orqali kiruvchi/chiquvchi xabarlarni tekshirish uchun qo'shimcha modul, masalan, Microsoft Outlook va Microsoft Exchange.
- Hujjat monitori (DMON)
Microsoft Office hujjatlarini (jumladan, Internet Explorer) tekshirish uchun xususiy Microsoft API-dan foydalanadi.
Bu xususiyat foydalanuvchini fishing sahifalari va onlayn tahdidlardan himoya qiladi. Windows uchun antivirusning barcha versiyalari mavjud.
4x-versiya tarkibi
tahrir- Virus va josuslarga qarshi dasturlardan himoya qilish moduli
Bu modul ThreatSense texnologiyasiga asoslangan skanerlash mexanizmidan foydalaniladi. ThreatSense mexanizmi yangi ESET Smart Security arxitekturasi talablariga javob beradi, barchasini optimallashtiradi va takomillashtiradi.
- Shaxsiy xavfsizlik devori
Shaxsiy xavfsizlik devori himoyalangan kompyuter va tarmoqdagi boshqa kompyuterlar o'rtasidagi barcha trafikni nazorat qiluvchi omil hisoblanadi.
- Anti-spam moduli
ESET antispam mexanizmi spam funksiyasini filtrlaydi, tizim xavfsizligini va elektron pochta aloqasidan foydalanish qulayligini oshirishda yordam beradi.
- ESET SysRescue
ESET SysRescue formati foydalanuvchilarga operatsion tizimdan mustaqil ravishda ishlay oladigan ESET Smart Security dasturi bilan yuklanuvchi CD, DVD yoki USB media yaratilish imkonini beradi. Tizim birinchi o'rinda o'chirilishi qiyin bo'lgan viruslar bilan kurashish uchun mo'ljallangan hisoblanadi.
- ESET SysInspector
Mijozlarni qoʻllab-quvvatlash soʻrovini yuborish uchun yordam va qoʻllab-quvvatlash xizmatidan foydalanilganda, ESET SysInspector dasturiga kompyuter suratini qoʻshish mumkin.
- Hujjatlarni himoya qilish
Hujjatlarni himoya qilish xususiyati Microsoft Office hujjatlarini ochishdan oldin ularni skanerlaydi, bundan tashqari, Microsoft ActiveX boshqaruvlari kabi Internet Explorer tomonidan avtomatik yuklab olingan fayllarni tekshirish xususiyatiga ham egadir.
5.x-versiyasining tarkibi
tahrir- Oldingi versiyaning barcha xususiyatlariga qo'shimcha ravishda qo'shilgan tizim
- ESET Live Grid
Hozirda Internet tahdidlari va zararli dasturlardan ishonchli himoyani ta'minlash ham mumkin.
- Ota-ona nazorati
Muayyan toifadagi veb-saytlarni bloklash orqali kompyuterni potentsial kiruvchi veb-kontentdan himoya qilish mumkin.
- Kengaytirilgan media boshqaruvi
Barcha USB media, xotira kartalar, CD/DVDlarni avtomatik skanerlash imkonini beruvchi vosita. Media turi, ishlab chiqaruvchisi, o'lchami va boshqa parametrlarga qarab media media blokirovkasi.
- Kengaytirilgan HIPS funksionalligi
Tizimning butun va ularning har bir qismining xatti-harakatlarini sozlash imkonini beradi. Foydalanuvchilar tizimd jurnal, jarayonlar, ilovalar va fayllar uchun qoidalarni o'rnatishi mumkin bo'lishadi.
- O'yinchi rejimi
To'liq ekran rejimida ishlayotganda "tinchlik" rejimiga avtomatik o'tishini ta'minlaydi.
- Optimallashtirilgan ishga tushirish tartibi
ESET mahsulotlarining yangi avlodi kompyuterni yuklash jarayoniga minimal ta'sir ko'rsata oladi, bu esa foydalanuvchiga darhol undan foydalanishni boshlash imkonini beradi.
6.x-versiyasining tarkibi
tahrir- Oldingi versiyaning barcha xususiyatlari qo'shiladi
- Kutish holatini skanerlash
Texnologiya kompyuter bloklangan yoki o'chirilgan holatda skanerlashni avtomatik ravishda yoqish imkoniyatini beradi. Natijada tizimning umumiy ishlashi yaxshilanadi.
- Anti-theft
Anti-Theft xususiyati yo'qolgan yoki o'g'irlangan noutbuk yoki kompyuterni topish va tiklash imkoniyatini yaratadi.
- ESETSocial Media Scanner
Facebook va Twitter ijtimoiy tarmoqlari uchun himoya moduli.
7.x-versiyasining tarkibi
tahrir- Oldingi versiyaning barcha xususiyatlari qo'shiladi
- Kengaytirilgan operatsiya xotirasini skanerlash
Texnologiya foydalanuvchilarni kompyuterda hakerlik dasturlari va zararli dasturlarning yashirin o'rnatilishidan himoya qiladi.
- Exploit Blocker
Exploit Protection - bu mashhur dasturiy mahsulotlarda noma'lum tahdidlar va har bir kunlik zaifliklarni aniqlashning samarali usuli hisoblanadi. U veb-brauzerlar, PDF muharrirlar, elektron pochta mijozlar, Microsoft Office hujjatlarini o'z ichiga olgan eng keng tarqalgan dasturiy ta'minotga nigohi qaratilgan edi.
8.x-versiyasining tarkibi
tahrir- Oldingi versiyaning barcha xususiyatlariga qo'shimchalar qo'shilgan.
- Botnet himoya tizimi
ESET NOD32 Smart Security paketidagi yangi Botnet himoya moduli kiberhujumlarni aniqlaydi, zararli botnet-dasturlari kirib kelishidan ularni himoya qiladi, tarmoq hujumlari va spam-xabarlarining oldini oladi.
- Kengaytirilgan Exploit Blocker
Exploit Protection texnologiyasi mashhur dasturiy mahsulotlarda noma’lum tahdidlar va zaifliklarni aniqlashning samarali usuli sifatida allaqachon oʻzini isbotlagan. Veb-brauzerlar, PDF muharrirlar, elektron pochta mijozlar, Microsoft Office hujjatlarni o'z ichiga olgan eng keng tarqalgan dasturiy ta'minotga qaratilgan paket hisoblanadi. ESET Nod32 ning yangi avlodi Java-ga asoslangan dasturiy ta'minotga hujumlardan ham himoya qiluvchidir.
9.x-versiyasining tarkibi
tahrir- Oldingi versiyaning barcha xususiyatlariga qo'shimchlar qo'shiladi
- Internet-banking himoyasi
Bu xususiyat foydalanuvchilari internet-banking saytlari yoki toʻlov tizimlari toʻlov sahifalariga tashrif buyurganlarida avtomatik ravishda aniqlash ishlarini amalga oshirishadi va tranzaktsiyalar xavfsiz sandbox muhitida amalga oshirilishini taʼminlash uchun xavfsiz brauzerni foydalanishga tushiradi.
- Tarmoq imzolarini qo'llab-quvvatlash
Tarmoq imzolari sizga botlar va ekspluatatsiyalar bilan bog'liq zararli trafikni va muammolarni tezda aniqlash va bloklash imkonini beradi. Bu xususiyatni Botnet Protection v2.0 deb nomlangan tizim amalga oshiradi.
- Yangilangan foydalanuvchi interfeysi
Foydalanuvchi interfeysi sezilarli darajada yangi dizaynga ega bo'lgan va foydalanish imkoniyatlarini tekshirish natijalari asosida o'zgartirilgan. Barcha matnli xabarlar va bildirishnomalar diqqat bilan qayta ko'rib chiqilgan. Interfeys ibroniy va ba'zi arab tillari mavjud (o'ngdan chapga o'qish), shuningdek, dinamik ravishda yangilangan onlayn ko'mak fayllarini o'z ichiga oladi.
10.x-versiyasining tarkibi
tahrir- Oldingi versiyaning barcha xususiyatlariga qo'shimcha qo'shilgan.
- Veb-kamera himoyasi
Kompyuterga ulangan kameraga kiradigan jarayonlar va ilovalarni boshqarish.
- Skriptga asoslangan hujumdan himoya qilish
Ssenariylar va noodatiy hujumlar vektorlariga asoslangan dinamik hujumlardan faol himoya ham qo'yilgan.
11.x-versiyasining tarkibi
tahrir- Oldingi versiyaning barcha xususiyatlari plus
- UEFI skaneri
UEFI (Unified Extensible Firmware Interface) tizim interfeysi bo'lgan kompyuterlarda Microsoft Windows operatsion tizimini ishga tushirishdan oldin uydagi tarmoq qurilmalarini kompyuterga hujum qiladigan tahdidlardan himoya qiluvchi bo'ladi. Skaner orqa fonda ishlaydi, faqat muammo aniqlanganda foydalanuvchiga bildirishnomalar yuboriladi.
12.x-versiyasining tarkibi
tahrir- Oldingi versiyaning barcha xususiyatlarga qo'shimchalar qo'shiladi
- Yo'naltiruvchi dastur
Foydalanuvchi mahsulotni o'rnatgandan keyin, litsenziyalash oynasida "Share" havolasi paydo bo'ladi, uning yordamida tarqatish to'plamini yuklab olinadi va uni boshqa qurilmalarga ham o'rnatish imkonini bo'ladi. Va har +30 kunda buni qayta ishlash imkoni mavjud bo'ladi.
13.x-versiyasining tarkibi
tahrir- Oldingi versiyaning barcha xususiyatlari qo'shiladi.
- Ilg'or Mashinani o'rganish
Aniqlash funksiyasining ishlashini yaxshilaydigan mashinani o'rganishga asoslangan qo'shimcha himoya qatlami mavjud.
- Uy tarmog'i monitoringi yaxshilandi
Uydagi ushbu tarmoq monitoringi aniqlangan tarmoq yoki qurilma muammolarini bartaraf etishda yordam beradi, shuningdek, kuchsiz router paroli kabi keng tarqalgan muammolarni bartaraf etish bo'yicha maslahatlar beruvchidir.
- HIPS tizimi yaxshilangan
Yangi HIPS plaginida chuqur xulq-atvor tekshiruvi bo'lib, u kompyuterda ishlayotgan barcha dasturlarning xatti-harakatlarini tahlil qiluvchi va agar jarayonda zararli xatti-harakatlarni aniqlasa, foydalanuvchini ogohlantiradi.
14.x-versiyasining tarkibi
tahrir- Oldingi versiyaning barcha xususiyatlariga qo'shimchalar qo'shilgan
- WMI va registr skaneri
WMI Scan Engine va Registry Scan Engine yashirin va doimiy tahdidlarni aniqlaydi. Shu bilan birga, ular Windows boshqaruv tizimi asboblari va Windowsni ro'yxatga olish kitobiga ma'lumotlar sifatida kiritilgan zararlangan fayllarni yoki zararli dasturlar uchun havolalarni qidiradilar.
- Bank toʻlovlarini himoya qilish uchun yaxshilangan himoyalangan brauzer rejimi
Yangi tizim “Barcha brauzerlarni himoya qilish” sozlamasi va brauzerdan foydalanishda toʻlovlar, bank operatsiyalari va maxfiy ma’lumotlarni himoya qilishga ko'mak berishi mumkin.
15.x-versiyasining tarkibi
tahrir- Oldingi versiyaning barcha xususiyatlari qo'shilgan.
Windows 11 uchun qo'shimcha qo'llab-quvvatlangan.
Eset Home bilan bogʻlanish uchun QR kodlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Ijtimoiy media assotsiatsiyasi ESET HOME-ga qo'shildi.
Uy tarmog'i tarmoq inspektori deb o'zgartirildi.
myESET nomi ESET HOME ga oʻzgartirildi.
Kichik o'zgarishlar, yaxshilanishlar va xatolar tuzatildi.
Versiya tarixi
tahrir- 1992 (?) yil - MS-DOS uchun NOD[7].
- 1998-yil - Windows 95 uchun NOD32 1.0.
- 1999 (?) yil - Windows 98 uchun NOD32 1.5.
- 2003-yil - Windows XP uchun NOD32 2.0.
- 2007-yil noyabr - Windows XP, Vista uchun NOD32 3.0. "NOD32 Antivirus" va "NOD32 Smart Security" ga ajratish.
- 2009-yil mart - Windows XP, Vista uchun NOD32 4.0. "ESET SysInspector" va "ESET SysRescue" modullari qo'shildi.
- 2010-yil avgust - Windows XP, Vista, 7 uchun NOD32 4.2.
- 2011-yil may - Windows 2000, Windows XP, Vista, 7, Home Server uchun NOD32 5.0 versiyasining beta-sinovini boshlash.
- 2011-yil sentabr - NOD32 5.0 (5.0.93.15) versiyasining rasmiy versiyasi.
- 2012-yil bahori - Windows XP, Vista, 7, Home Server uchun NOD32 6.0 versiyasining beta-sinovining boshlanishi.
- 2012-yil dekabr - NOD32 6.0 (6.0.304.6) versiyasining rasmiy versiyasi. "Anti-o'g'irlik" moduli qo'shildi.
- 2013-yil mart - kichik tuzatishlar bilan NOD32 yangilangan 6.0.314.2 versiyasi chiqarildi.
- 2013-yil aprel - kichik tuzatishlar bilan NOD32 yangilangan 6.0.316.0 versiyasi chiqarildi.
- 2013-yil iyun - Windows XP, Vista, 7, 8, 8.1, Home Server uchun NOD32 7.0 versiyasining beta-sinovini boshlash.
- 2013-yil noyabr - NOD32 7.0 (7.0.302.8) versiyasining rasmiy versiyasi. RAMni tekshirish va ma'lum ekspluatatsiyalarni bloklash qo'shildi.
- 2014-yil avgust - Windows XP, Vista, 7, 8, 8.1, Home Server uchun NOD32 8.0 versiyasini beta sinovdan o'tkazish boshlandi.
- 2014-yil noyabr - NOD32 8.0 (8.0.304.1) versiyasining rasmiy versiyasi.Java-ga asoslangan ekspluatatsiyani bloklash va botnet himoyasi (ESS) qo'shildi.
- 2015-yil may - Windows XP, Vista, 7, 8, 8.1, 10, Home Server uchun NOD32 9.0 versiyasining beta-sinovini boshlash.
- 2015-yil iyul - kichik tuzatishlar bilan NOD32 yangilangan 8.0.319.1 versiyasi chiqarildi.
- 2015-yil oktabr - NOD32 9.0 (9.0.318.20) versiyasining rasmiy nashri. Qo'shilgan internet-banking himoyasi, onlayn imzolarni qo'llab-quvvatlash va yangilangan foydalanuvchi interfeysi.
Eng oxirgi yangilanish ishlari bilan faqat Windows XP SP3 ni qo'llab-quvvatlaydi.
- 2016-yil yanvar - kichik tuzatishlar bilan NOD32 yangilangan 9.0.349.14 versiyasi chiqarildi.
- 2016-yil mart - kichik tuzatishlar bilan NOD32 yangilangan 9.0.375.1 versiyasi chiqarildi.
- 2016-yil aprel - kichik tuzatishlar bilan NOD32 yangilangan 9.0.377.1 versiyasi chiqarildi.
- 2016-yil aprel - Vista, 7, 8, 8.1, 10, Home Server uchun NOD32 10.0 versiyasining beta-sinovini boshlash.
- 2016-yil may - kichik tuzatishlar bilan NOD32 yangilangan 9.0.381.1 versiyasi chiqarildi.
- 2016-yil avgust - kichik tuzatishlar bilan NOD32 yangilangan 9.0.402.1 versiyasi chiqarildi.
- 2016-yil noyabr - kichik tuzatishlar bilan NOD32 yangilangan 9.0.408.1 versiyasi chiqarildi.
- 2016-yil dekabr - NOD32 10.0 (10.0.369.1) versiyasining rasmiy nashri. Qo'shilgan veb-kamera himoyasi va skriptga asoslangan hujumdan himoya qilish.
Windows XP endi ushbu versiyalarni qo'llab-quvvatlanmaydi.
- 2017-yil fevral - kichik tuzatishlar bilan NOD32 yangilangan 10.0.390.0 versiyasi chiqarildi.
- 2017-yil mart - kichik tuzatishlar bilan NOD32 yangilangan 10.1.204.5 versiyasi chiqarildi.
- 2017-yil may - kichik tuzatishlar bilan NOD32 yangilangan 10.1.210.2 versiyasi chiqarildi.
- 2017-yil iyul - kichik tuzatishlar bilan NOD32 yangilangan 10.1.219.1 versiyasi chiqarildi.
- 2017-yil noyabr — NOD32 11.0 (11.0.149.0) versiyasining rasmiy relizi. "UEFI Scanner" moduli qo'shildi.
- 2017-yil noyabr - kichik tuzatishlar bilan NOD32 yangilangan 11.0.154.0 versiyasi chiqarildi.
- 2017-yil dekabr - kichik tuzatishlar bilan NOD32 yangilangan 11.0.159.0 versiyasi chiqarildi.
- 2018-yil fevral - kichik tuzatishlar bilan NOD32 yangilangan 11.0.159.9 versiyasi chiqarildi.
- 2018-yil mart - kichik tuzatishlar bilan NOD32 yangilangan 11.1.42.0 versiyasi chiqarildi.
- 2018-yil aprel - kichik tuzatishlar bilan NOD32 yangilangan 11.1.54.0 versiyasi chiqarildi.
- 2018-yil iyul - kichik tuzatishlar bilan NOD32 yangilangan 11.2.49.0 versiyasi chiqarildi.
- 2018-yil sentabr - kichik tuzatishlar bilan NOD32 yangilangan 11.2.63.0 versiyasi chiqarildi.
- 2018-yil oktabr — NOD32 12.0 (12.0.27.0) versiyasining rasmiy chiqarilishi. Yo'naltiruvchi dastur qo'shildi.
- 2019-yil mart - kichik tuzatishlar bilan NOD32 yangilangan 12.1.31.0 versiyasi chiqarildi.
- 2019-yil aprel - kichik tuzatishlar bilan NOD32 yangilangan 12.1.34.0 versiyasi chiqarildi.
- 2019-yil oktabr — NOD32 13.0 (13.0.24.0) versiyasining rasmiy chiqarilishi. Ilg'or mashinani o'rganish qo'shildi.
Windows Vista endi qo'llab-quvvatlanmaydi.
Windows 7 faqat SP1 bilan, jumladan, KB4474419 va KB4490628 so'nggi yangilanishlari bilan foydalanuvchi tizimni qo'llab-quvvatlaydi.
- 2020-yil aprel — kichik tuzatishlar bilan NOD32 ning yangilangan 13.1.16.0 versiyasi chiqarildi.
- 2020-yil may - kichik tuzatishlar bilan NOD32 yangilangan 13.1.21.0 versiyasi chiqarildi.
- 2020-yil iyun - kichik tuzatishlar bilan NOD32 yangilangan 13.2.15.0 versiyasi chiqarildi.
- 2020-yil iyul - kichik tuzatishlar bilan NOD32 yangilangan 13.2.16.0 versiyasi chiqarildi.
- 2020-yil oktabr - kichik tuzatishlar bilan NOD32 yangilangan 13.2.18.0 versiyasi chiqarildi.
- 2020-yil oktabr — NOD32 14.0 (14.0.21.0) versiyasining rasmiy relizi. WMI skaneri va registr skaneri qo'shildi.
- 2021-yil aprel - kichik tuzatishlar bilan NOD32 yangilangan 14.1.19.0 versiyasi chiqarildi.
- 2021-yil may - kichik tuzatishlar bilan NOD32 yangilangan 14.1.20.0 versiyasi chiqarildi.
- 2021-yil iyun - kichik tuzatishlar bilan NOD 32 yangilangan 14.2.10.0 versiyasi chiqarildi.
- 2021-yil iyun - kichik tuzatishlar bilan NOD 32 yangilangan 14.2.19.0 versiyasi chiqarildi.
- 2021-yil avgust - kichik tuzatishlar bilan NOD 32 ning yangilangan 14.2.23.0 versiyasi chiqarildi.
- 2021-yil avgust - kichik tuzatishlar bilan NOD 32 yangilangan 14.2.24.0 versiyasi chiqarildi.
- 2021-yil oktabr — NOD32 15.0 (15.0.16.0) versiyasining rasmiy chiqarilishi. Windows 11 uchun qo'llab-quvvatlash. myESET nomi ESET HOME deb o'zgartirildi. ESET HOME yaxshilanishlari. Uy tarmog'i tarmoq inspektori deb o'zgartirildi.
- 2021-yil noyabr - kichik tuzatishlar bilan NOD 32 yangilangan 15.0.18.0 versiyasi chiqarildi.
- 2021-yil dekabr - kichik tuzatishlar bilan NOD 32 yangilangan 15.0.21.0 versiyasi chiqarildi.
- 2022-yil yanvar - kichik tuzatishlar bilan NOD 32 yangilangan 15.0.23.0 versiyasi chiqarildi.
- 2022-yil mart - kichik tuzatishlar bilan NOD 32 yangilangan 15.1.12.0 versiyasi chiqarildi.
- 2022-yil iyun - kichik tuzatishlar bilan NOD 32 yangilangan 15.2.11.0 versiyasi chiqarildi.
Qo'llab-quvvatlanadigan platformalar
tahrir- Windows 11, 10, 8.1, 8, 7 SP1[8][9], Vista (2019-yilgacha), XP (2017-yilgacha[10]), 2000 (2012-yilgacha[7]), ME (2007-yilgacha), 98 (2007-yilgacha) va 95 (2007-yilgacha)
- macOS (10.12-11)[11][12]
- MS-DOS (1998-yilgacha)
- Linux ish stoli (Suse, Fedora, Ubuntu, Mandriva, Debian, Red Hat)[13]
- Android 4.1 va undan yuqori versiyalar[14][15]
Manbalar
tahrir- ↑ „О компании ESET“. 2009-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 18-noyabr.
- ↑ „Описания, антивируса“. 2012-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-iyun.
- ↑ ESET — Essential Security against Evolving Threats[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
- ↑ „Wilders Security Forums — View Single Post — Fun with NOD32“. 2007-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 11-iyul.
- ↑ „Wilders Security Forums — View Single Post — memory utilisation“. 2007-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 11-iyul.
- ↑ „Puppetworks Animation Studio“ (en). www.puppetworks.eu. 2013-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-fevral.
- ↑ 7,0 7,1 „Compatible operating systems for ESET home products“. 2021-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-may.
- ↑ „Скачать ESET NOD32 Antivirus для Windows“. 2021-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-may.
- ↑ „Скачать ESET Internet Security для Windows“. 2021-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-may.
- ↑ „ESET не бросает пользователей Windows ХР“. Пресс-центр ESET (2014-yil 4-aprel). 2014-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-oktyabr.
- ↑ „ESET выпускает антивирусное решение NOD32 для Mac“. Пресс-центр ESET (2010-yil 24-noyabr). 2014-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Скачать ESET Cyber Security Pro для macOS“. 2021-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-may.
- ↑ „Скачать ESET NOD32 Antivirus для Linux Desktop“. 2021-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-may.
- ↑ „ESET NOD32 Mobile Security защищает смартфоны под управлением Android“. Пресс-центр ESET (2011-yil 31-oktyabr). 2014-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Скачать ESET Mobile Security & Antivirus для Android“. 2021-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-may.