Eamon Farren
Eamon Farren (1985-yil 19-mayda tugʻilgan) – avstraliyalik aktyor. 2011-yilda X: Qasos kechasi va 2012-yilda Zanjirlangan filmlarida bosh rollarni ijro etdi. Hamda 2017-yilda Twin Peaks filimida Richard Horne obrazi jonlantirganidan keyin mashhurlikka erisha boshlagan. U shu bilan birgalikda 2015-yilda „Carlotta“ televizion filmidagi roli uchun Avstraliya kino va televideniye sanʼat akademiyasida AACTA mukofoti Televizordagi eng yaxshi mehmon yoki qoʻllab-quvvatlovchi aktyor uchun Eng yaxshi dramadagi eng yaxshi mehmon yoki qoʻllab-quvvatlovchi aktyor mukofotiga sazovor boʻldi. Farren hozirgacha bir nechta seriyalarda rol ijro etib kelmoqda, shu jumladan 2018-yilda Winchester va The ABC Murders filmida 2019-yildan beri hozirgacha The Witcher televideniye seriyalida asosiy rollarda 19 tadan ortiq epizodda rol ijro etib kelmoqda.
Eamon Farren | |
---|---|
Tavalludi |
19-may 1985-yil |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 2001–hozirgi kungacha |
Veb-sayt | instagram.com/@eamonfarren |
Biografiyasi
tahrirEamon Farren Shimoliy Kvinslendda tugʻilgan va olti yoshgacha Kvinslendning oltin sohilida ulgʻaygan[1]. Farren har doim aktyor boʻlishni xohlayotganini bilar va u shunday der edi: Men kino tomosha qilmaganimni eslay olmayman, men har doim kinoda rol ijro etishni juda xohlayman va buni ulgʻayganimda amalga oshirmoqchiman va menga koʻp odamlar sen buni qilishing uchun sening ikkinchi rejang ham boʻlishi kerak deb taʼkidlashardi, ammo men uz bilganimdan qolmasdim va maqsadlarim sari tobora intilib borar edim deb taʼkidlab oʻtgan[2]. U Benowa State High School (Benowa shtati oʻrta maktabida) oʻqida va buning ortidan maktab oʻquvchilarining orasida kapital lavozimini egalladi, bu yerda u French Immersion Program (fransuz suzish dasturida) qushimcha oʻqiy boshladi va bu dasturga faqatgina iqtidorli maktab oʻquvchilarining yarimini qabul qilishardi[3]. Farren National Institute of Dramatic Artni (Milliy drama sanʼat instituti) 2007-yilda bitirganidan soʻng. U uz akasi va boshqa aktyorlar shu jumladan:[[Daniel Day-Lewis] va Gary Oldman bilan ishlay boshladi[4].
Karyerasi
tahrirFerran uz faoliyatini dastlab televizion filmlarda ijro eta boshladi shular qatorida: 2001-yil Naomi Watts va Tim Daly filmlarida hamda 2002-yil The Outsider filmida rol ijro etdi[5], keyin Avstraliyaning jonli efirida mehmon sifatida The Sleepover Clubda qatnashdi. Eamon Farren bir necha Avstraliyadagi teatr kompaniyalari bilan ishlay boshladi bularga misol tarzda: Sydney Theatre Company, Griffin Theatre Company va Belvoir Street Theatre[6]. 2007-yilda Farren HBO The Pacific deb nomlangan kichik seriyalida John Powell obrazini yaratdi[7][8]. Farren 2008-yilda barcha vizual sahnalar orqali Sydney Theatre Coda Lucky Country [5] va Seven Network televizion seriyalida ishlay boshladi, All Saints.[6]. Farren 2012-yilda Jennifer Lynchning Chained filmida „Quyon“ rolini va Vincent D'Onofrio filmida seriyali qotil tomonidan qul qilingan va tarbiyalangan bola rolini ijro etdi[5][6] . Farren shunday deb taʼkidlar edi Filmni suratga olish ikkinchi tabiat kabi his qildi, sahnalar diqqat bilan tinglanadi va juda qattiqqoʻl, men Lynch haqida koʻp narsa ayta olmayman, uning birgina qarashi yoki ishorasidan men hammasini tushunaman deb aytib utgan[9] . Farrenning keyingi bosh roli ABC televideniyesida Carlotta filmida Danny/Ava bosh rolini ijro etdi va bu unga 2015-yilda Best Guest Or Supporting Actor mukofotini olib keldi[6][10]. Farrenning aytishicha Hammasi diqqatga sazovor edi, lekin mening sevimli sahnalarimdan biri bu Karol va Ava birinchi marta gormonlarni sotib olish yoʻlida edi va bunda men uzimni hech qachon toʻgʻri yoʻlda hisoblamaganman deb taʼkidladi[11]. Farrenning teatrdagi faoliyati 2014-yilgacha davom etdi va bunda u Edward Ridgeway rolini Switzerlandda hamda Elliott rolini Girl Asleep kabi sahnalarda namoyish etdi, oradan bir yil oʻtgach mashhurlikka erishgan Farren Adam/Benoit Tremet obrazlarini shakllantirdi[5][12]. Farren 2015-yilda Sydney Theatre Coda The Present filmida Kirill bosh rolini va 2017-yilda Brodveydagi debyutida Keyt Blanchett rolini ijro etdi[13][14][15]. Farren 2017-yilda Amerika televideniyesida efirga uzatilgan Richard Horne obrazini the revival serialida shakllantirdi[16].
Filmografiyasi
tahrirYil | Film | Rol | Izoh |
---|---|---|---|
2009-yil | Lucky Country | Jimmy | |
2009-yil | Blessed | Roo | |
2010-yil | Wanderlust – Short Film | George | Qisqa metrajli film |
2011-yil | Jailbirds | Dane | Qisqa metrajli film |
2011-yil | X: Night of Vengeance | Harry | |
2011-yil | Red Dog | Dave | |
2012-yil | Three Sixty | Roc / Albert | Qisqa metrajli film |
2012-yil | Chained | Rabbit / Tim | |
2012-yil | Careless Love | Patrick | |
2013-yil | The Fragments | Michael | Qisqa metrajli film |
2014-yil | Love Is Now | Dean | |
2015-yil | Girl Asleep | Adam / Benoit Tremet | |
2016-yil | Measuring the Jump | Adam | Qisqa metrajli film |
2017-yil | Mohawk | Joshua Pinsmail | |
2018-yil | Winchester | Ben Block | |
2018-yil | Harmony | Jimmy | |
2019-yil | Lingua Franca | Alex | |
2021-yil | The Dig | John Brailsford | |
2021-yil | E noi come stronzi rimanemmo a guardare | John Fuuber | |
2023-yil | T. I. M. | T. I. M. | [17] |
2024-yil | My First Film | Tugallangan filmda | |
TBA | Jimpa | Suratga olish jarayonida |
Televizion loyihalari
tahrirYil | Film | Rol | Izoh |
---|---|---|---|
2002-yil | The Outsider | Levi Miller | Televizion film |
2003-yil | The Sleepover Club | Dim / Video shop Guy | 2 ta epizod |
2008–2009-yil | All Saints | Caleb / Cody Frost | 2 ta epizod |
2010-yil | The Pacific | Cpl. John Powell | Epizod: „Basilone“ |
2010-yil | Rescue Special Ops | Arrow | Epizod: „Off the Rails“ |
2014-yil | The Killing Field | Damian Jeffries | Televizion film |
2014-yil | Carlotta | Danny / Ava | Televizion film AACTA Award for Best Guest or Supporting Actor in a Television Drama |
2017-yil | Twin Peaks | Richard Horne | 6 ta epizod |
2018-yil | The ABC Murders | Alexander Bonaparte Cust | 3 ta epizod |
The Witcher | Cahir Mawr Dyffryn aep Ceallach | 19ta epizodda asosiy rolda | |
2024-yil | Big Mood | Klent | Komediya seriyali |
Teatr rollari
tahrirYil | Film | Rol | Teatr nomi | Ref. |
---|---|---|---|---|
2008-yil | The Kid | Donald | Griffin Theatre Company | |
2009-yil | Ladybird | Slavik | Belvoir Street Theatre | |
2010-yil | The Beauty Queen of Leenane | Ray Dooley | Royal Lyceum Theatre | [18] |
2013-yil | Mrs Warren's Profession | Frank Gardner | Sydney Theatre Company | [19][20] |
2014-yil | Mojo | Skinny | Sydney Theatre Company | [21][22] |
2014-yil | Switzerland | Edward Ridgeway | Sydney Theatre Company | [23] |
2014-yil | Girl Asleep | Elliott | Windmill Theatre | |
2014-yil | Fugitive | Robin | Windmill Theatre | |
2015-yil | The Present | Kirill | Sydney Theatre Company | [24] |
Mukofotlari
tahrirFarren 2015-yilda Televideniye dramasida gʻolib deb topilib, uning – „Karlotta“ filmidagi „Danni/Ava“ roli uchun Best Guest or Supporting Actor (eng yaxshi mehmon yoki ikkinchi darajali aktyor) unvoniga sazovor boʻldi[6][10]. Nomzod tariqasida unga asosiy prodyuserda bosh rolni ijro etuvchi eng yaxshi aktyor deb „Shveysariya“da „Eduard Ridjuey“ roli uchun Sidney teatri mukofotlari bilan taqdirlandi[6].
Manbalar
tahrir- ↑ „Cate Blanchett and the Cast of The Present Spill Their Party Secrets – Playbill“. Playbill.
- ↑ „Eamon Farren in high gear“. Vogue (2012-yil 11-aprel). Qaraldi: 2019-yil 29-mart.
- ↑ „Eamon Farren: Heart of Darkness“ (2016-yil 31-mart).
- ↑ „Interview: Eamon Farren“ (2014-yil 4-dekabr).
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 Staff, Wikibiotv.com „Eamon Farren – Biography and Filmography“ (2021-yil 17-dekabr).
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 „Eamon Farren – united management“. 2020-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-avgust.
- ↑ Roger Balch. „Mrs Warren'S Profession“. Sydney Arts Guide (2013-yil 20-fevral). Qaraldi: 2022-yil 16-avgust.
- ↑ „Babyteeth Belvoir Sydney 2012 – Belvoir St Theatre“.
- ↑ „Exclusive: Co-Star Eamon Farren Discusses Jennifer Lynch's Chained and More – Dread Central“ (2012-yil 4-oktyabr).
- ↑ 10,0 10,1 „Archived copy“. 2015-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-avgust.
- ↑ „Exclusive Interview: Eamon Farren talks about his role in ABC TV's Carlotta. – The Iris“. iris.theaureview.com. 2017-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-avgust.
- ↑ „EAMON FARREN – Actor / Adam, Benoit Tremet – Girl Asleep“ (2015-yil 13-sentyabr).
- ↑ Paulson, Michael. „Cate Blanchett's Star Power Lifts 'The Present' on Broadway“ (2017-yil 18-yanvar).
- ↑ „Eamon Farren – Playbill“. Playbill.
- ↑ „Eamon Farren Theatre Credits“. www.broadwayworld.com.
- ↑ „Who's who in Twin Peaks Season 3: The Return? A character guide for the confused“ (2017-yil 13-iyun).
- ↑ Chase, Stephanie „The Witcher star's new movie confirms Netflix release as first trailer lands“. Digital Spy (2023-yil 12-iyul). Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
- ↑ Farren, Eamon „The Beauty Queen of Leenane, STC Education Program (STC Ed), 22 February-13 March 2010“. stagenoise (2024-yil 17-fevral). Qaraldi: 2024-yil 17-fevral.
- ↑ Kramer, Sydney „Mrs Warren's Profession set and costume design, Sydney Theatre Company 2013, director Sarah Giles“. reneemulder (2024-yil 24-fevral). Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
- ↑ Kramer, Sydney „Mrs Warren's Profession (Sydney Theatre Company) posted in Theatre by Suzy Wrong, July 06, 2013“. suzygoessee (2024-yil 24-fevral). Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
- ↑ Kramer, Sydney „Theatre review: Mojo (Sydney Theatre Company) by Ben Nielsen on 29 May, 2014“. limelight-arts (2024-yil 24-fevral). Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
- ↑ Kramer, Sydney „Sydney Theatre Company presents MOJO by Jez Butterworth“. sydneytheatre (2024-yil 24-fevral). Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
- ↑ Farren, Eamon „Review: Switzerland (Sydney Theatre Company) by Suzy Wrong (7 November 2014)“. suzygoessee (2024-yil 20-fevral). Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
- ↑ Farren, Eamon „Eamon Farren filmography informations on Independenttalent“. independenttalent (2024-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 19-yanvar.