Echoes of Silence (qoʻshiq)

The Weekndning 2011-yilgi qoʻshigʻi

"Echoes of Silence" – kanadalik qoʻshiqchi The Weekndning qoʻshigʻi, uning uchinchi miksteypidagi (2011) toʻqqizinchi trek boʻlib xizmat qiladi. U XO orqali 2011-yil 21-dekabrda miksteyp bilan birga chiqarildi. 2012-yilda qoʻshiq qayta ishlangan va The Weekndning Trilogy kompilyatsiya albomida (2012) tijoriy maqsadlarda chiqarildi. Qoʻshiqni The Weeknd prodyuser Illangelo bilan birga yozgan.

„Echoes of Silence“
The Weeknd songi
„Echoes of Silence“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 21-dekabr, 2011-yil(2011-12-21)
Janr Lo-fi
Davomiyligi 4:02
Leybl XO
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar) Illangelo

Musiqiy video tahrir

Miksteypning oʻn yilligi munosabati bilan The Weeknd 2011-yil 21-dekabrda „Echoes of Silence“ning klipini chiqardi[1]. Videoga 2021-yilda qayta chiqarilishi vaqtida miksteypning reklama mahsulotlarida faol ishtirok etgan yaponiyalik illyustrator Hajime Sorayama rejissyorlik qilgan[2][3]. Billboard, The Weeknd bu video uning birinchi muxlislari uchun sovgʻa ekanligini taʼkidladi va uni „futuristik“ musiqiy video sifatida taʼrifladi[4], Uproxxdan Adrian Spinelli uni „post-apokaliptik Romeo va Juletta hikoyasi“ deb taʼrifladi, videoda robotlar dunyo qulayotganida bir-birlari bilan muloqot qilishni xohlashadi. Spinelli, qoʻshiq "I, Robot" va "Wall-E" filmlarining aralashganidek tuyulganini yozgan[5].The Faderning taʼkidlashicha, videoda tasvirlangan robotlar Sorayamaning oʻziga xos uslubi boʻlib, ular xrom bilan qoplangan[6].

Manbalar tahrir

  1. Kearns. „The Weeknd Collaborates With Hajime Sorayama on New “Echoes of Silence” Music Video“. Hypebeast (2021-yil 21-dekabr).
  2. Pauly, Alexandra (December 22, 2021). „Hajime Sorayama Turned The Weeknd Into A Sexy Robot“. Highsnobiety.
  3. Mahadevan, Tara (December 21, 2021). „The Weeknd Celebrates 10-Year Anniversary of 'Echoes of Silence' by Sharing Title-Track Video“. Complex.
  4. Rowley, Glenn (December 21, 2011). „The Weeknd Drops 'Echoes of Silence' Video to Celebrate Mixtape's 10th Anniversary: Watch“. Billboard.
  5. Spinelli, Adrian (December 21, 2021). „The Weeknd's 'Echoes Of Silence' Video Is A 'Wall-E' Meets 'I, Robot' Love Story“. Uproxx.
  6. Darville, Jordan (December 21, 2011). „The Weeknd shares new "Echoes of Silence" video“. The Fader.