Ed Lu (1963-yil 1-iyulda tugʻilgan) — amerikalik fizik va sobiq NASA astronavti. U ikkita Space Shuttle reyslarini amalga oshirdi va Xalqaro kosmik stansiyada uzoq vaqt boʻldi[1].

Ed Lu
Tavalludi 1963-yil 1-iyul (59 yosh) Springfild, Massachusets, Amerika Qoʻshma Shtatlari
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Fizik
Millati amerikalik
Kosmik karyera
Kosmosdagi vaqt
205 kun 23 soat 18 daqiqa
Tanlash 1994-yil NASA guruhi
Missiyalar STS-84, STS-106, Soyuz TMA-2 (ekspeditsiya 7)
Missiya belgisi

2007-yilda Lu NASAdan nafaqaga chiqdi va Googleʼning ilgʻor loyihalar jamoasida dastur menejeri boʻldi[2][3]. 2002-yilda Lu Yerni asteroid zarbalaridan himoya qilishga bag'ishlangan B612 jamg'armasiga asos solgan va keyinchalik uning raisi bo'lib ishlagan[1]. 2020-yildan boshlab Lu uning ijrochi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda[4].

Taʼlim

tahrir

U New-Yorkning Webster shahrida xitoy-amerikalik oilasida oʻsgan. Lu RL Tomas oʻrta maktabida oʻqigan va u yerda kurash jamoasi aʼzosi boʻlgan. Maktabni 1980-yilda tugatgan. Keyinchalik Lu Cornell universitetida elektrotexnika boʻyicha diplom oldi. Keyin 1989-yilda Stanford universitetida amaliy fizika boʻyicha doktorlik darajasini qoʻlga kiritdi[1].

Lu quyosh fizikasi boʻyicha mutaxassis boʻldi va 1994-yilda, Gavayi orolidagi Gonolulu shahridagi Astronomiya institutida postdoktorlik ishini bajardi[1].

NASA faoliyati

tahrir

Lu 1997-yilda STS-84 va 2000-yilda STS-106 kosmik kemasi missiyalarida uchib, Xalqaro kosmik stansiyada tuzatish ishlarini bajarish uchun olti soat koinotda yurishni amalga oshirdi. „Soyuz TMA-2“ da bort muhandisi boʻlgan Lu 2003-yilda kosmonavt Yuri Malenchenko bilan ISS 7 ekspeditsiyasi tarkibiga kiritilib, olti oy koinotda boʻlishgan[1].

NASAdan keyin

tahrir

2007-yil 10-avgustda Lu NASA-dan Google -da ishlash uchun nafaqaga chiqqanini eʼlon qildi[1][2].

2010-yil iyun oyida Lu Google kompaniyasini tark etdi va Sunfire ofislarida ishladi. 2011-yil sentyabr oyida Lu Liquid Robotics kompaniyasiga innovatsion ilovalar boʻlimi boshligʻi sifatida qoʻshildi, bu yerda uning faoliyati okean fanlari uchun yangi ilovalarni targʻib qilish boʻyicha tushuntirish ishlarini oʻz ichiga oladi. 2012-yilda u Hover Inc.ga texnologiyalar boʻyicha bosh direktor sifatida qoʻshildi[5].

2022-yildan boshlab Lu arxivlangan terabayt maʼlumotlarni tahlil qilib, “asteroidlarni” topish boʻyicha yangi loyiha ustida ishlamoqda. Hozirgacha Lu tomonidan asos solingan B612 fondi 100 dan ortiq yangi potentsial xavfli asteroidlarni topdi. Bu ulkan saʼy-harakatlar qisman Google tomonidan qoʻllaniladigan sunʼiy intellekt loyihasi tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi[6].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „EDWARD TSANG LU (PH.D.), NASA ASTRONAUT (FORMER)“. NASA (2007-yil avgust). Qaraldi: 12-aprel 2021-yil.
  2. 2,0 2,1 Beutel, Allard. „Astronaut Ed Lu Leaves NASA“. NASA (2007-yil 10-avgust). 2021-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 12-avgust.
  3. „Google Unveils New Maps Features Amid Apple Fight“. Silicon Valley News (2012-yil 6-iyun). 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-iyul.
  4. „Our Team“.
  5. „Google Unveils New Maps Features Amid Apple Fight“. Silicon Valley News (2012-yil 6-iyun). 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyul 2012-yil.
  6. "Killer Asteroids Are Hiding in Plain Sight.", article by Kenneth Chang, New York Times, May 31, 2022